Dunyoda

Rossiya fuqaroligini qabul qilishni xohlovchilar uchun imtihonlar boshlandi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishSaxarovadagi Migratsiya markazi
Saxarovadagi Migratsiya markazi - Sputnik Oʻzbekiston
Chet el fuqarolari Saxarovadagi Migratsiya markazida 2017-yilning yanvar oyidan boshlab shaxsning rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligidan yetarli bilimlarga egaligini tasdiqlovchi sertifikatlarni olishlari mumkin. Bu hujjat kelajakda Rossiyada vaqtinchalik yashash huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishda kerak boʻladi

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Rossiya fuqaroligini qabul qilishni xohlovchilar uchun imtihonlar boshlandi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston nashriga Saxarovadagi Migratsiya markazi vakili.

Rossiya pasporti - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya fuqaroligini olish byurokratiyadan mutlaq xoli boʻlishi kerak - Putin
"Chet el fuqarolari Saxarovadagi Migratsiya markazida 2017-yilning yanvar oyidan boshlab shaxsning rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligidan yetarli bilimlarga egaligini tasdiqlovchi sertifikatlarni olishlari mumkin. Bu hujjat kelajakda Rossiyada vaqtinchalik yashash huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishda kerak boʻladi", — deb taʼkidladi suhbatdosh.

Yuqorida tilga olingan sertifikat chet elliklar tomonidan Rossiyada vaqtinchalik yashash huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirilayotgan vaqtda topshiriladi. Ushbu sertifikatni olganlar — oʻzlarining rusiyzabon xalq orasida tezda va hech qanday qiyinchiliklarsiz koʻnikish hosil qilishlarini tasdiqlaydilar.

Hujjat rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligiga doir imtihondan oʻtgandan soʻng beriladi.

Migratsiya markazi Bosh direktori Nikolay Fedoseyevning soʻzlariga koʻra, ushbu yangilik chet el fuqarolariga vaqtni tejashda juda qoʻl keladi. "Ular Markazimizda imtihon topshirishlari, sertifikatni qoʻlga kiritishlari va shu yerning oʻzidayoq vaqtinchalik yashash huquqini beruvchi hujjat(vid na jitelstvo)ni rasmiylashirishlari mumkin", — deya taʼkidladi Fedoseyev.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya IIV BBning Moskva shahri boʻyicha Migratsiya masalalari boshqarmasi xodimlari 2016 yilning noyabr oyidan boshlab Saxarovadagi Migratsiya markazida vaqtinchalik yashash huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish hamda Rossiya fuqaroligini qabul qilish istagida boʻlgan chet elliklardan arizalarni qabul qilish bilan shugʻullanishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala