Jamiyat

Orolboʻyi mintaqasida ekologik vaziyatni yaxshilash dasturi ishga tushdi

© Sputnik / Igor Mixalev / Fotobankka oʻtishOrol dengizi oʻrnidagi sahro
Orol dengizi oʻrnidagi sahro - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
BMTning inson xavfsizligi Maqsadli fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan va BMT agentliklari amalga oshirayotgan qoʻshma dastur uch yil mobaynida uchta namunaviy tumanda iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik xavfsizlikni yaxshilashga koʻmaklashadi

TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. BMT agentliklari Orol boʻyidagi ekologik inqiroz oqibatlarini kamaytirish boʻyicha qoʻshma dasturni ishga tushirmoqda. Bu haqda BMT agentliklari vakili xabar berdi.

BMTning inson xavfsizligi Maqsadli fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan va BMT agentliklari amalga oshirayotgan "Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojiasidan zarar koʻrgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash" qoʻshma dastur uch yil mobaynida uchta namunaviy tumanda iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik xavfsizlikni yaxshilashga koʻmaklashadi. Qoraqalpogʻistonda 2012-2016 yillarda amalga oshirilgan tashabbuslar tajribasidan kelib chiqqan holda Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi mazkur fond hisobidan yangi Qoʻshma dasturni amalga oshirish uchun eng katta ekologik xatar hududida joylashgan va aholisi 123 ming nafardan koʻproq boʻlgan Moʻynoq, Taxtakoʻpir va Shumanay tumanlarini namunaviy hududlar deb belgilashni tavsiya qildi.

Ayni kunlarda mahalliy aholi uchun tanishtiruv seminarlari orqali fermerlar, qishloq fuqarolari yigʻinlari faollari, turli tuzilmalar va idoralar vakillari hamda xususiy tadbirkorlar ishtirokida dasturni joylarda ishga tushirish jarayoni amalga oshirilmoqda.

© press-slujba oonOrolboʻyi dasturi boʻyicha tanishtiruv seminari
Oznakomitelnыy seminar dlya naseleniya o programme OON v Priaralye - Sputnik Oʻzbekiston
Orolboʻyi dasturi boʻyicha tanishtiruv seminari

Seminar qatnashchilariga Inson xavfsizligi kontseptsiyasiga muvofiq ishning eng muhim jihatlari, uni Orol dengizi qurishining salbiy taʼsiri eng koʻp sezilayotgan Qoraqalpogʻistonda qoʻllanishi istiqbollari haqida axborot berilmoqda. Muhokamalar jarayonida har bir tuman uchun oʻziga xos "muammolar shajarasi"ni shakllantira borib, namunaviy hududlarda ekologik vaziyat oqibatida yuzaga kelgan asosiy muammolarni aniqlash uchun mahalliy aholi bilan interfaol munozaralar ham olib borilmoqda. Shu tarzda kelgusida hududdagi murakkab ekologik sharoitlarni inobatga olgan holda inson xavfsizligi Kontseptsiyasi doirasida joylardagi rivojlanish rejalari ishlab chiqiladi.

Shuningdek, BMT qoʻshma dasturining muhim maqsadlaridan yana biri Orolboʻyi mintaqasida barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, ekologik muvozanatni saqlash, flora va faunani tiklash uchun Koʻphamkorlik fondini tuzishda koʻmaklashishdan iboratdir.

Yangiliklar lentasi
0