Oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtida esdalik belgilari topshirildi

© jahonnews.uzOliy umumqo‘shn qo‘mondonlik bilim yurtida esdalik belgilari topshirildi
Oliy umumqo‘shn qo‘mondonlik bilim yurtida esdalik belgilari topshirildi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent Oliy umumqo‘shn qo‘mondonlik bilim yurti - “Eng yaxshi harbiy bilim yurti” tanlovining g‘olibi bo‘ldi.

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Toshkent Oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtida O‘zbekiston Qurolli kuchlar tashkil qilinganining 25-yilligiga bag‘ishlangan  madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib  o‘tdi, deb xabar qilmoqda "Jahon" axborot agentligi.

Tadbirda mamlakatimiz mustaqilligini himoya qilishda erishgan yutuqlari uchun bir guruh harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston prezidenti nomidan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25-yil” esdalik belgilari topshirildi.  

So‘zga chiqqan bilim yurti rahbari F.Artikov va Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari F.Abduraximovalar O‘zbekiston Birinchi prezidenti rahbarligi ostida amalga oshirilgan Qurolli kuchlar islohoti bugungi kunda o‘zining yuqori natijalarini berayotganini, armiyada xizmat qilish majburiyat emas faxrli ishga aylanganini qayd etishdi.

Tadbirda shuningdek “O‘zbeknavo” birlashmasi estrada artistlari hamda bilim yurtining harbiy orkestri ishtirokida  konsert bo‘lib o‘tdi.

Toshkent Oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti O‘zbekiston Qurolli kuchlari uchun har tomonlama yetuk, yuqori malakali zobitlar tayyorlash ishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgani qayd etildi. Bilim yurti bu yil to‘rtinchi bor “Eng yaxshi harbiy bilim yurti” tanlovining g‘olibi bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0