O‘zbekistonga Rossiyadan 100 ming $lik soxta dorilar olib kirilishining oldi olindi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishDori
Dori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
31 turdagi dori vositalarining 18 turdagisi davlat reyestrida qayd etilmagan, 13 turdagisi esa mavjud normativ talablarga javob bermaydi

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Samarqand aeroportida viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari Rossiyadan deyarli 100 ming dollarlik dorilarning noqonuniy olib kirilishining oldini olishdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi Samarqand viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.

"Samarqand xalqaro aeroportida "Moskva-Samarqand" reysi bilan uchib kelgan O‘zbekiston fuqarosining qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, ushbu shaxs qiymati 300 mln so‘mlik (93,8 ming dollarlik) 4 ming dona dori vositalarini bojxona nazoratidan yashirincha olib o‘tishga uringani aniqlandi", — deyiladi xabarda.

Bojxona xodimlarining ma’lumot berishlaricha, 31 turdagi dori vositalarining 18 turdagisi davlat reyestrida qayd etilmagan, 13 turdagisi esa mavjud normativ talablarga javob bermaydi. Shu boisdan ushbu mahsulotlar o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilindi.

Dori vositalari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda dori vositalarini tayinlashda yangi qoidalar joriy etildi

O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, shaxsiy foydalanish uchun turli nomdagi o‘ntagacha dori vositalarining har birini besh qutidan ortiq bo‘lmagan miqdorda tibbiy hujjatsiz olib kirish va olib chiqish mumkin.

2015 yil avgustda Rossiya va Qozog‘istondan dori vositalarini olib kirishni yo‘lga qo‘ygan uch nafar shaxs besh yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingandi.

2015 yil boshida O‘zbekiston dorixonalarida ayrim dorilarning taqchilligi kuzatilgan, mavjudlarining narxi esa ikki baravarga oshib ketgandi. O‘shanda dori bozori ishtirokchilari bunga Rossiyada dollar va yevro kursining oshib ketganligini sabab qilib ko‘rsatishgandi.

Yangiliklar lentasi
0