Doktor Liza jasadi Novodevichye qabristonida dafn etiladi

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishTu-154 qurbonlari xotirasiga gullar
Tu-154 qurbonlari xotirasiga gullar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tu-154 aviahalokati qurbonlarining jasadlari qoldiqlari DNK-ekspertizadan o‘tkazilgach, "Adolatli yordam" fondi rahbari bo‘lgan Yelizaveta Glinka (doktor Liza) jasadi aniqlandi

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Tu-154 aviahalokati qurbonlaridan biri, "Adolatli yordam" fondi rahbari Yelizaveta Glinka (doktor Liza) jasadi 16-yanvar kuni Novodevichye qabristoniga dafn etiladi, deb xabar bergan RIA Novosti.

Tu-154 qutqaruv operatsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Tu-154 fojeasi qurbonlari qarindoshlari kreditlardan ozod qilinadi
Ilgariroq, nashr Tu-154 aviahalokati qurbonlarining jasadlari qoldiqlari DNK-ekspertizadan o‘tkazilgach, "Adolatli yordam" fondi rahbari bo‘lgan Yelizaveta Glinka (doktor Liza) jasadi aniqlangani haqida xabar bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, Moskvadan Suriyaga yo‘l olgan Tu-154 samolyoti 25-dekabr tongida Qora dengizga qulagan edi. Fojia Sochida amalga oshirilgan zapravkadan keyin yuz bergan.

Layner bortida 92 kishi, shu jumladan, Aleksandrov nomidagi xor orkestri artistlari, harbiylar va jurnalistlar, bo‘lgan.

Yelizaveta Glinka 2015-yildan boshlab gumanitar missiyalar safida bir necha bor Suriyada bo‘lgan hamda suriyaliklarga dori-darmon tarqatish va tibbiy yordam ko‘rsatish ishlarida qatnashgan.

Yangiliklar lentasi
0