Nilufar Mamasaidova qizi bilan O‘zbekistonga qaytdi

© telegramNilufar Mamasaidova qizi bilan
Nilufar Mamasaidova qizi bilan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva shahar Kunsevskiy sudi 12-yanvar kuni Mamasaidovani qizi bilan birgalikda mustaqil ravishda Rossiya hududidan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qildi, ayolga shuningdek, 5 ming rubl miqdorida ma’muriy jazo tayinlangan

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. O‘zbekiston fuqarosi Nilufar Mamasaidova qizi Manija bilan sud qarorini bajardilar va Rossiyani tark etdilar, deb xabar qilmoqda ayol tarafdolari Telegram messenjerida ochilgan maxsus kanalda.

Nilufar Mamasaidovaning qizi - Sputnik O‘zbekiston
Ombudsmen: o‘zbekistonlik ayolning farzandini onasiga qaytarish kerak
Moskva shahar Kunsevskiy sudi 12-yanvar kuni Mamasaidovani qizi bilan birgalikda mustaqil ravishda Rossiya hududidan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qildi, ayolga shuningdek, 5 ming rubl miqdorida ma’muriy jazo tayinlangan.

"O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Mamasaidova N., Rossiya hududida chet el fuqarolari uchun belgilangan tartibni buzgan", — deyiladi sud qarorida.

Hujjatda, shuningdek, ayol mustaqil ravishda farzandi bilan birgalikda Rossiyani tark etishga tayyorligi va mamlakatni tark etish uchun hatto chipta xarid qilgani ham aytib o‘tilgan.

Mamasaidovaga ko‘mak berib kelgan advokat Bahrom Ismoilov o‘zining Feysbukdagi sahifasida "Nilufar va Manija uyga yo‘l olishdi. Qo‘llab-quvvatlab turgan va yordam qo‘lini cho‘zgan insonlarning barchasiga minnatdorchiligimni bildiraman", deb yozgan hamda Mamasaidovaning aeroport bojxona nazoratidan o‘tayotgani aks ettirilgan videoni joylashtirgan.

Nilufar Mamasaidova qizi bilan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston elchixonasi qizi tortib olingan ayolga yordam bermoqda
Eslatib o‘tamiz, asli andijonlik bo‘lgan Nilufar ikki yildan buyon Moskvada yashab kelayotgan edi. Uning farzandi Rossiyada tug‘ilgan. Qizi tug‘ilganidan so‘ng Nilufarning turmush o‘rtog‘i deportatsiya qilingan.

2016 yilning 25-dekabr kuni Nilufar hujjatlari yo‘qolganligini bilgan. Shu kunning o‘zida Nilufar Kunsevo tumani IIBga hujjatlari o‘g‘irlangani yuzasidan murojaat qilgan. Tuman IIB xodimlari Nilufar Mamasaidovaga yordam berish o‘rniga bolaning ayolga tegishli ekaniga oid hujjatlar yo‘qligini ro‘kach qilishib, uning qizini tortib olishgan va ayolning o‘zini uch kunga tergov izolyatoriga joylashtirishgan.

Yangiliklar lentasi
0