Hodisalar

Toshkent markazida yengil avtomobil chet ellikni urib yubordi

© Sputnik / StringerToshkentdagi YTH
Toshkentdagi YTH - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Jabrlanuvchi belgilanmagan joyda koʻchani kesib oʻtayotgan boʻlgan, taʼkidlanishicha u jiddiy zarar koʻrmagan

TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. Toshkent markazida, Grand Mir Hotel (sobiq "Rossiya") mehmonxonasi yonida yengil avtomobil va yoʻlovchi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi, deb xabar qilmoqda avariya guvohiga aylangan Sputnik muxbiri.

© Sputnik / StringerDtp v Tashkente
Dtp v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Dtp v Tashkente

Xabarda taʼkidlanishicha, hodisa kecha kechqurun Toshkent vaqti bilan 19.30da yuz bergan. "Kobalt" rusumidagi avtomobil sobiq "Rossiya" mehmonxonasi yonida (kafe va turli tamaddixonalar koʻpligi tufayli xalq orasida bu joy "mast koʻcha" deb nomlanadi)tasodifan yoʻlovchini urib ketdi. Jabrdiyda esa chet el fuqarosi boʻlib chiqdi.

Poytaxt koʻchalari - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
YTH qurboni boʻlgan 10 yashar qizaloq, Cobalt va Sparkni urgan Captiva
Hodisa yuz berishi bilan atrofda tomoshabinlar koʻpaydi, bu esa tirbandlik yuzaga kelishiga sabab boʻldi, deb xabar qilgan muxbir. "Xalq oyogʻini ushlab voy-voylab yotgan jabrlanuvchini chor tomondan oʻrab oldi", — deb taʼkidlaydi guvoh.

Guvohning soʻzlariga koʻra, avtomobil tomonidan turtib yuborilgan shaxs yo Xitoy yoki Koreya fuqarosi. U oʻz hamrohlari bilan birgalikda yoʻlning harakat qismini belgilanmagan joyda kesib oʻtgan. Bir necha qator mashinalar oqimida amallab yoʻlini topib ketayotganlardan biri esa baribir avtomobil gʻildiraklari ostida qolgan. Zarba oqibatida "Kobalt"ning oldingi oʻng chirogʻi chil-parchin boʻlgan. Jabrlanuvchi esa jiddiy jarohatlanmagan, ammo uning oʻzini tutishidan toʻqnashuv tufayli uning chap oyogʻi lat yeganini anglash mumkin edi.

© Sputnik / StringerDtp v Tashkente
Dtp v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Dtp v Tashkente

Avariyani haydovchining oʻzi quyidagicha izohlagan:

"Men u qanday qilib koʻchadan kesib oʻtayotganini sezganim yoʻq, hatto. Xuddiki, yerning ostidan paydo boʻlgandek boʻldi. Men shu onning oʻzidayoq tormozni bosdim, shu tufayli u mashina gʻildiraklari ostida qolishdan omon qoldi. Men soatiga 50 km tezlikda kelayotgan edim, mana shu chet ellikni qattiq zarbadan qutqarib qoldi", — deb soʻzlagan Gasan ismli haydovchi.

Hodisa joyiga yetib kelgan "Tez tibbiy yordam" mashinasi jabrlanuvchini kasalxonaga olib ketgan. Gasanning soʻzlariga koʻra, yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari avariya holatini oʻz boʻlinmalarida oʻrganishlarini maʼlum qilganlar.

Yangiliklar lentasi
0