TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. Zaxarova har hafta oʻtkaziladigan brifing chogʻida Gʻarbdagi axborot oqimidan farqli oʻlaroq RT telekanali va Sputnik agentligi alternativ nuqtai-nazarligini aytdi, deb yozgan RIA Novosti.
"Bu hujjatni tuzganlarga savolim bor: sizlar "Amerika ovozi" va "Ozodlik radiostantsiyasi" singari resurslar borligidan ham xabardormisizlar?… Agar ular rus tilini bilishganlarida va ikki daqiqa eʼtiborlarini ushbu resurslarda eʼlon qilinadigan materiallarga qaratganlarida, aminmanki, ular bizga qoʻngʻiroq qilib, kechirim soʻragan boʻlishardi. Nega desangiz, bu resurslarda olib boriladigan tashviqotni boshqa joydan topish amrimahol", — deya fikr bildirgan diplomat. Zaxarova shuningdek, "Amerika ovozi" va "Ozodlik radiosi"ni kim moliyalashtirishini Moskvaga yaxshi ayonligi haqida qoʻshimcha qilgan.
Zaxarovaning fikriga koʻra, shu bois ham bu yerda "RT va Sputnik agentligining tashviqoti haqida gapirish oʻrinsiz.
Eslatib oʻtamiz, ilgariroq MRB(TSRU) va AQShning boshqa razvedka xizmatlari Rossiyani navbatdagi bor saylovlarga aralashganlikda ayblab bayonot eʼlon qilgan edi. Maʼlumotlar oʻta mahfiyligiga iddao qilgan tashkilotlar eʼlon qilingan ayblovlariga dalil keltirmagan. Hujjatga muvofiq, Amerika razvedka hamjamiyati Rossiya OAVlari va ijtimoiy tarmoqlardagi yozuvlardan kelib chiqqan holda "Rossiya saylov natijalariga taʼsir koʻrsatish maqsadida mahfiy operatsiya" oʻtkazgan degan xulosaga kelgan. AQSH razvedka xizmatlari tomonidan tayyorlangan bayonotning deyarli teng yarmi RT telekanali faoliyati va Sputnik agentligiga bagʻishlangan. RT telekanali boʻyicha 5 yil oldingi maʼlumotlardan foydalanilgan.