Madaniyat

Mirziyoyev bir guruh davlat xizmatchilarini mukofotladi

© IA "Jaxon"Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, milliy xavfsizlikni taʼminlashda qoʻshayotgan salmoqli hissasi uchun "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi" unvoni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Bosh shtabi boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Mallaboyev Abdusattor Ubaydullayevichga topshirildi

TOSHKENT, 14 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 25 yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida farmonini imzoladi. Farmon matni Prezident matbuot-xizmati tomonidan taqdim etilgan.

"Yoshlarni milliy istiqlol gʻoyasi va ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashdagi alohida xizmatlari, davlatimizning mudofaa qudratini yanada yuksaltirish, milliy xavfsizlikni taʼminlash ishiga qoʻshayotgan salmoqli hissasi hamda ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki uchun 

Oʻzbekiston harbiylari - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda yangi Qurolli kuchlar akademiyasi barpo etiladi
"Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvoni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Bosh shtabi boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Mallaboyev Abdusattor Ubaydullayevichga berilsin", — deyilgan xabarda.

Oʻzbekistonning mudofaa qudratini yanada yuksaltirish, milliy xavfsizlikni va davlat chegaralari daxlsizligini taʼminlash ishiga qoʻshayotgan katta hissasi, milliy manfaatlarimizni himoya qilish hamda tinchlik, barqarorlik va jamoat tartibini taʼminlash borasidagi xizmat burchini bajarish chogʻida mardlik, jasorat va fidoyilik koʻrsatgani uchun quyidagilar mukofotlangan:

I darajali "Shon-sharaf" ordeni bilan — Hamroyev Abdulla Adhamovich — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandiri;

II darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan — Usmonov Lazizjon Sobirjon oʻgʻli — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandiri, Qodirov Doniyor Baxtiyorovich — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshqarma boshligʻining oʻrinbosari

"Doʻstlik" ordeni bilan — Aminov Odil Shodiyevich — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonining oʻrinbosari, Golubenko Aleksey Yuryevich — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti kafedrasi katta oʻqituvchisi, Nurjanov Baxitjan Muratjanovich — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi, Ugay Aleksey Platonovich — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandirining oʻrinbosari. 

Farmonning toʻliq matni bilan Oʻzbekiston prezidenti rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala