Samarqandda Islom Karimovga haykal o‘rnatiladi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston Birinchi prezidenti Islam Karimov
O‘zbekiston Birinchi prezidenti  Islam Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston Birinchi prezidenti haykali Registon maydonidan o‘ng tomonda joylashgan xiyobonda o‘rnatiladi.

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Yaqin yillar ichida Samarqandda Islom Karimov haykali paydo bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri O‘zbekiston Badiiy akademiyasi xabariga asosan.

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, Haykal Registon maydonidan o‘ng tomonda joylashgan xiyobon markazida o‘rnatiladi. Haykal haqida batafsil ma’lumotlar hozircha aniq emas.

Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov yodgorligi namunalari ko‘rgazmada namoyish etiladi

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin O‘zbekistonning Birinchi prezidenti haykali yartish bo‘yicha tanlov e’lon qilingan edi. tanlov shartlariga ko‘ra ijodiy takliflarni qabul qilish 2017-yilning 31-martiga qadar davom etishi, 10-aprelda esa maxsus ko‘gazma tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

Ushbu ko‘rik tanlovi g‘olibi 25 ming dollar pul mukofoti olishi ko‘zda tutilgan. Udan tashqari 2 va 3 o‘rin olgan ijodkorlar 20  va 15 ming dollardan mukofot olishi va yana ikki ijodiy ish 5 ming dollardan maxsus sovrin olshi ham rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov 1938-yilning 30-yanvarida Samarqandda tug‘ilgan. Ilk bor 1990-yilning 24-martida O‘zbekiston SSR prezidenti lavozimia saylangan Islom Karimov O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki, eng mushkul yillarida muvaffaqiyatli boshqarib, ko‘plab hayotiy muhim islohotlar o‘tkazdi. 2016-yilning 2-sentabrida Islom Karimov 78 yoshida insult oqibavtida vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0