Server Jeparov Eronning "Istiqlol" klubiga o‘tdi

© GOALServer Djeparov 2011-yil Osiyoning eng yaxshi o‘yinchisi kubogi bilan
Server Djeparov 2011-yil Osiyoning eng yaxshi o‘yinchisi kubogi bilan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘FF xabariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 35 yoshli yarim himoyachisi Server Jeparov Eronning "Istiqlol" futbol klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi.

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Osiyo qit’sida eng mashhur futbolchilardan biri bo‘lgan, Toshkentning "Lokomotiv" klubi o‘yinchisi Server Jeparov Eron klublarida biriga o‘tdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi rasmiy sahifasi.

"35 yoshli yarim himoyachi  Tehron sharafini himoya qiluvchi "Istiqlol"ning tibbiy ko‘rigidan muvaffaqiyatli o‘tdi va klub bilan 500 ming AQSh dollariga teng 1,5 yillik shartnoma imzoladi", — deyilgan rasmiy xabarda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Server Jeparov yangi klub o‘yinlarida faol ishtirok etib, samarali natija ko‘rsata olsa, qo‘shimcha bonuslar, ya’ni mukofot puliga ega bo‘ladi.

Odil Ahmedov - Sputnik O‘zbekiston
Odil Ahmedov Xitoyning "Shanxay SIPG" klubiga o‘tdi

Serverning yangi klubi, Eronning Pro Ligasi vakili "Istiqlol" klubi o‘tgan 2015 —2016 yil mavsumini 3 o‘rinda yakunlagan edi. Hozirgi mavsumda esa, "Istiqlol" 16 jamoa orasida — 5 pog‘onani egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, 2008 va 2011-yillarda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo‘lgan Server Jeparov oxirgi yillarda Toshkentning "Lokomotiv" jamoasida to‘p surayotgan edi. 2016-yilgi mavsumda Server 34 o‘yinda maydonga tushib,  8 ta gol kiritdi va "Lokomotiv"ning tarixda ilk bor O‘zbekiston chempioni bo‘lishiga hamda mamlakat Kubogi sohibiga aylanishiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Yangiliklar lentasi
0