TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Turkish Airlines aviakompaniyasining Boeing 747 yuk samolyoti Bishkekdagi Manas aeroportidan bir necha kilometr narida halokatga uchradi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirgʻiziston.
Layner bugun ertalab Dacha-Suu qishlogʻi yaqinida qulagan. U Gonkong-Istanbul reysi boʻyicha parvoz qilgan va Bishkekda yoqilgʻi quyishi kerak boʻlgan.
FVVning maʼlum qilishicha, qishloqdagi 23ta uy zarar koʻrgan. Aeroport yopib qoʻyilgan.
Ayni vaqtda samolyotdagi yongʻin oʻchirilgan.
Voqea joyiga Qirgʻiziston bosh vaziri oʻrinbosari Muhammetkaliy Abulgaziyev, FVV vaziri Kubatbek Boronov hamda transport va yoʻl vaziri Jamshitbek Kalilov yetib kelgan.