Rustam Azimov ham prezident tanqidiga duch keldi

Obuna bo‘lish
Mirziyoyev, shuningdek, kadrlar bilan ishlash holatini ham tanqidiy tahlil qilish zarurligini, moliya organlarining butun tizimidagi rahbar va xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish kerakligini e’tirof etdi

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida Moliya vazirligining sobiq rahbari Rustam Azimovni ham tanqid qildi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

"Respublika hukumatining aksariyat topshiriqlari belgilangan muddatlarni qo‘pol ravishda buzgan holda bajarilmoqda. Ish sifati ham ko‘pgina hollarda oqsamoqda. Shunday bo‘lsa ham, ularning o‘ziga ishonchi osmon darajada baland.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Moliya vazirligini ayab o‘tirmadi

Nima uchun boshqa idoralar rahbarlari davlatning aniq muammolarini hal etish bo‘yicha malakali tavsiya olish o‘rniga doim qog‘ozbozlik va sansolarlik holatlari, shuningdek ayrim vazir o‘rinbosarlarining balanddimog‘ligi va qaysarliklari bilan to‘qnashishlari kerak? ", dedi prezident.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, ba’zida inson qadr-qimmati yerga urilmoqda.

"Nima sababdan inson qadr-qimmati ba’zan yerga uriladi? Bunga kim huquq bergan? Nima uchun Vazirlar Mahkamasining tarmoq departamenti mudiri jiddiy muammolar bo‘yicha yuzaki taqdimot o‘tkazishni kunlab va haftalab kutadi, keyin esa hujjat qayta ishlashga qaytariladi? Nima uchun bu jarayonlarning barchasini shtatdagi yordamchi emas, balki chalasavod va beandisha qabulxona inspektori belgilaydi? O‘ylaymanki, ana shunday oddiy bo‘lmagan va muhim savollarga aniq va ravshan javob topish vaqti keldi", — deya ta’kidladi davlat rahbari.

Shu munosabat bilan u bosh vazir A.Aripovga va yangi vazir B.Xodjayevga bir oy muddatda Moliya vazirligining tashkiliy tuzilmasi, uning vazifa va funksiyalarini tubdan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha aniq takliflar kiritishni topshirdi.

O‘zbekenergo AJ binosi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyeyov "O‘zbekenergo"dagi "pul yig‘uvchi"lar va ko‘mir tarmog‘i "yonboshlab yotgani"ni tanqid qildi

Mirziyoyev, shuningdek, kadrlar bilan ishlash holatini ham tanqidiy tahlil qilish zarurligini, moliya organlarining butun tizimidagi rahbar va xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish kerakligini e’tirof etdi.

O‘zbekiston prezidenti moliya vazirligini 2005-yildan 2016-yil dekabriga qadar boshqargan Rustam Azimovning faoliyatini ham tanqid ostiga oldi.

"Haqiqiy fakt shundan iboratki, agar R.Azimovda ana shu jiddiy kamchilik va muammolarni ko‘rish xohishi bo‘lganida, ularni keskin bartaraf etish bo‘yicha u zarur tashabbus ko‘rsatganida, biz bugun iqtisodiy va moliyaviy sohalarda bundan ham yuqoriroq natijalarga erishgan bo‘lar edik. Takror aytaman, faqatgina "g‘alaba raportlari" bilan, shuningdek, muammolarga umuman aloqasi yo‘q, o‘z orzu-istagidagi mavhum narsalarni haqiqat deb ko‘rsatadigan shaxslar tomonidan tayyorlangan axborotnomalar bilan cheklanib qolish mumkin emas", dedi u.

Yangiliklar lentasi
0