Jamiyat

Daewoo va Hyundai Tolimarjon IESni modernizatsiya qilishdi

© Sputnik / Sergey Kuznetsov / Mediabankka oʻtishIES mashina zali
IES mashina zali - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Janubiy Koreyaning Daewoo va Hyundai kompaniyalaridan iborat kontsortsium Qashqadaryo viloyatidagi Tolimarjon elektr stantsiyasini toʻliq taʼmirdan chiqardi.

TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Janubiy Koreyaning Daewoo va Hyundai kompaniyalari Oʻzbekiston janubidagi Tolimarjon IESini toʻliq taʼmirdan chiqarishdi, deb xabar qilmoqda “Oʻzbekenergo” AJ.

Tolimarjon IESida quvvati 900 MVt boʻlgan ikki bugʻ-gaz qurilmasi ishga tushirildi. Ayni damda stantsiya elektr energiyasi ishlab chiqarishni boshlagan.

Janubiy Koreyaning Daewoo va Hyundai kompaniyalari 2013 yilda “Oʻzbekenergo” AJ bilan Tolimarjon IESini modernizatsiya qilishga, tender asosida umumiy qiymati 861 million dollar boʻlgan shartnoma imzolashgan edi.

Shartnomaga koʻra, konsortsium IESda quvvati 450 MVt boʻlgan ikki par-gaz qurilmasi barpo etishgan. Qurilmalarning birinchisi 2016 yil avgustida, ikkinchisi – dekabrida ishga tushirilgan edi. Par-gaz qurilmasining oʻzi Yaponiyaning Mitsubishi Corporation tomonidan ishlab chiqarilgan.

Ushbu loyihani amalga oshirish stantsiyada ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining tannarxini 30% ga kamaytirish imkonini beradi.

2004 yilning dekabr oyida “Oʻzbekenergo” Tolimarjon IESining quvvati 800 MVt boʻlgan birinchi energoblokini ishga tushirgan edi. Yangi qurilmalar ishga tushishi bilan IESda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi dastlabki quvvatiga koʻra 2,3 baravarga oshadi.

Yangiliklar lentasi
0