Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev hokimlarga jarima solishni taklif qildi

© FacebookShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti topshiriqni bajargan hokimlar har oyligiga 15% qoʻshimcha toʻlash, topshiriqni bajarmaganlarga esa ushbu miqdorda jarima solishni taklif qildi.

TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Davlat rahbarining fikriga koʻra, aholi bandligi sohasida hokimlar va ularning birinchi oʻrinbosarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish kerak, deb xabar qilmoqda nuz.uz sahifasi.   

Shavkat Mirziyoyev, yangi ish oʻrinlari tashkil qilish boʻyicha topshiriqni bajargan hokimlarga oylik 15% ustama pul toʻlash, topshiriqni bajarmaganlar oyligidan esa – 15 % jarima ushlab qolishni taklif qilidi.

Hokimlarning birinchi oʻrinbosarlariga nisbatan ham xuddi shunga oʻxshash jazo va taklif qilindi. Faqat ularning oyliklaridan 20% ushlab qolish taklif qilindi.

2016 yil yakunlariga bagʻishlangan, Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida Shavkat Mirziyoyev Hukumat ishini, ayrim vazirlarni va javobgar rahbarlarni keskin tanqid qilgan edi.

Xususan, Mirziyoyev Bosh vazirning ikki oʻrinbosari “Oʻzavtoprom” AJ raisi Ulugbeku Rozukulov va yonilgʻi-energetikasi sohasiga javobgar Gʻulomjonu Ibroximovlarga hayfsan berildi. “Oʻzneftmahsulot” kompaniyasi rahbari Baxtiyor Sultanov va "Oʻzeltexsanoat" rahbari Erkin Iminovlar isteʼfoga chiqarilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala