Jamiyat

Bu yil haj va umraga avval bormaganlar borishadi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishMakka shahri
Makka shahri - Sputnik Oʻzbekiston
Haj va umra ibodatlarini ado etmagan fuqarolarga keng imkoniyatlar yaratib berish maqsadida mana shunday qaror qabul qilindi

TOSHKENT, 17 yanv — Sputnik. Bu yil umra va haj safariga ilgari ushbu amallarni bajarmagan fuqarolarni yuborish tartibi joriy etiladi. Haj va umra ibodatlarini ado etmagan fuqarolarga keng imkoniyatlar yaratib berish maqsadida mana shunday qaror qabul qilindi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita axborot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, "Nuroniy" jamgʻarmasi, "Mahalla" fondi takliflariga binoan hamda oʻzbek xalqining bagʻrikeng va insonparvarlik tamoyillariga asoslanib, joriy yilda mazkur kengash tomonidan bir va undan ortiq marotaba haj va umra safarlariga borgan shaxslarning muborak ziyoratlarga borishlari kechiktirib turilishi haqida qaror qabul qilindi.

Mazkur qarorning qabul qilinishida respublika miqyosida umra va haj safarlariga borish istagini bildirgan fuqarolar sonining tez surʼatlarda ortib borishi, mustaqillik yillarida fuqarolar turmush darajasining yuksalishi, aholi sonining oʻsishi, ular tomonidan haj va umra safarlariga borish istagida amaliy yordam soʻrab koʻplab murojaatlar qilinishi ham eʼtiborga olingan.

"Ayni paytda taʼkidlash joizki, islom dini taʼlimotlariga koʻra har bir insonga umrida bir marta haj ziyoratini amalga oshirish (haj safari davomida umra ziyorati ham bajariladi) farz qilingan. Bunda albatta uning sogʻlom va iqtisodiy jihatdan yaxshi taʼminlangan boʻlishi belgilangan. Shuningdek, Paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v.) ham Arabiston yarim orolida yashagan boʻlsalarda umrlarida bir marta haj amalini bajarganliklari tarixdan maʼlum.

Aksariyat musulmon mamlakatlarida, jumladan, Saudiya Arabistoni Podshohligida ham oʻz fuqarolariga 5 yilda bir marta haj qilishlari mumkinligi qatʼiy belgilab qoʻyilgan.

Umid qilamizki, yurtdoshlarimiz haj va umra ibodatlarini ado etmagan fuqarolarga keng imkoniyatlar yaratib berish maqsadida Jamoatchilik kengashining umra va haj safarlarini tashkil etish bilan bogʻliq bu yilgi qarorini toʻgʻri tushunadilar", deyiladi xabarda.

Shu oʻrinda aytish joizki, soʻnggi yillarda haj ziyoratiga borish istagini bildirganlarning soni oshib borayotganini eʼtiborga olib, 2017 yildan oʻzbekistonlik fuqarolar uchun haj kvotasi 7200 nafar qilib belgilandi (ilgari bu koʻrsatkich 5200 nafar edi).

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala