Dunyoda

Erdoʻgʻon terrorchini qoʻlga olgani uchun turk politsiyachilarini qutladi

© AFP / ADEM ALTANTurkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon - Sputnik Oʻzbekiston
Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon Istanbuldagi tungi klublarning birida teraktni amalga oshirgan shaxsni qoʻlga olgani uchun turk politsiyachilarini tabrikladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti

TOSHKENT, 17 yanv — Sputnik, Alena Palajchenko. Istanbuldagi tungi klubda teraktni amalga oshirgan shaxsni qoʻlga olishgani uchun Turkiya prezidenti turk politsiyachilarini qutladi, deb xabar qilgan RIA Novosti.

Turkiya politsiyachisi, Istanbul, terak sodir etilgan joy - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Istanbuldagi tungi klubda terakt sodir etgan shaxs oʻz aybiga iqror boʻldi
Sal oldin Turkiya Bosh vaziri Binoli Yildirim Istanbulda terrorchining qoʻlga olingani haqida xabar qilgan edi.

"Kuni kecha Reina tungi klubida qonli teraktni amalga oshirgan terrorchi qoʻlga olindi. Hamma odil sudlov doirasida qilgan ishi uchun javob beradi. Jinoyatchini qoʻlga olishda jonbozlik koʻrsatgan politsiyachilarimiz, razvedka xizmati va xavfsizlik xizmatini tabriklayman", — deb taʼkidlagan Erdoʻgʻon Anqarada sugʻurta kompaniyalari oldida chiqish qilar ekan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala