Jamiyat

Lola Karimova navbatdagi xayriya tadbiri haqida xabar qildi

"Sen yolgʻiz emassan" Fondi hamda Frantsiyaning "Umid rishtalari" shifokorlar uyushmasi tomonidan 10–17 yanvar kunlari amalga oshirilgan navbatdagi xayriya tadbiri doirasida yurak nuqsonlari bilan tugʻilgan 12ta bolaga jarrohlik operatsiyasi amalga oshirilib, 45ta bola tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan

TOSHKENT, 17 yanv — Sputnik. Mazkur aktsiya ota-ona qaramogʻisiz qolgan, kam taʼminlangan oiladan boʻlgan turli yurak nuqsonlariga ega bolalarga kardiojarrohlik yordamini amalga oshirish maqsadida amalga oshirib kelinmoqda, deb xabar qiladi Lola Karimova oʻzining facebookdagi sahifasida.

Taʼkidlanishicha, operatsiyalarni frantsiyalik shifokorlar oʻzbekistonlik hamkasblari bilan birgalikda Toshkent shahridagi V.Vohidov nomidagi Respublika jarrohlik markazida amalga oshirgan. Xozirda, operatsiyadan soʻng, bolalar shifokorlar nazorati ostidalar.

Ushbu xayriya tadbiri zamonaviy bolalar kardiojarroxligi va kardioreanimatsiya sohasida frantsiyalik va oʻzbekistonlik shifokorlarning malaka almashinuviga yaxshi imkoniyat yaratadi. Frantsiyalik shifokorlar diagnostika, davolash va reanimatsiya sohalaridagi yangi usullarni qoʻllash borasida oʻz bilim va malakalari bilan oʻrtoqlashmoqdalar.

"Umid rishtalari" uyushmasi shifokorlari mazkur xayriya tadbiri doirasida Toshkentga 5-chi marotaba tashrif buyurishlari. Avval ular Oʻzbekistonga 2015 yilning iyul va dekabrida hamda 2016 yilning aprel va sentyabr oylarida tashrif buyurgan edilar.

Oʻtgan yilning may va noyabr oylarida esa oʻta ogʻir yurak nuqsonlariga ega boʻlgan oʻzbekistonlik bolalar Fondimiz tomonidan Frantsiyaning Nante shahridagi pediatriya klinikasiga yuborilib jarrohlik amaliyotidan oʻtib kelgan edilar. Fondimiz va frantsuz uyushmasi hamkorligi mobaynida jaʼmi 35 nafar oʻzbekistonlik bolaga murakkab jarrohlik amaliyotlari bajarildi.

Lola Karimova - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Lola Karimova "Sen yolgʻiz emassan" fondining 14 yillik faoliyati haqida hisobot berdi
"Sen Yolg'iz Emassan" Fondining moliyaviy yordami bilan 2016 yilning mart oyida Respublika jarrohlik markazining shifokorlari neonatal kardiojarrohlik sohasidagi bilim va malakalarini oshirish maqsadida Frantsiyaga yuborilgan edilar.
Biz bolajonlarga tuzalib, oʻz yaqinlari yoniga tez orada sogʻ-salomat qaytishlarini tilab qolamiz.

Fondimizning "Umid rishtalari" uyushmasi va Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi bilan hamkorlikdagi saʼy-harakatlari Oʻzbekistonda bolalar kardiojarroxligini rivojlantirishga va tugʻma yurak nuqsonlariga ega boʻlgan koʻpgina bolajonlarning hayotini saqlab qolishga oʻz hissasini qoʻshadi deb umid qilaman.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala