Siyosat

Mirziyoyev hokimlar va hokimliklar xodimlarining ish haqlari oshirilganini aytdi

© Press-slujba prezidenta RUzOʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Bundan tashqari, chegaraga yaqin 80 ta tumanda hokimning maxsus yordamchisi lavozimi kiritildi. Jami 739 ta qoʻshimcha shtat tashkil etildi

TOSHKENT, 17 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hokimlar va hokimliklar xodimlarining ish haqi oshirilgani haqida 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida maʼlum qildi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev hokimlarga jarima solishni taklif qildi
"Yaqinda hokimlar va hokimliklarning barcha xodimlari ish haqini ularning mehnat stajidan kelib chiqqan holda oshirish boʻyicha qaror qabul qilindi. Oʻylaymanki, endi barcha boʻgʻindagi hokimlarning xodimlar soni yetishmasligi toʻgʻrisida shikoyat qilishi uchun obektiv asos yoʻq. Endi ushbu lavozimlarga samarali ishni taʼminlaydigan, munosib kadrlarni tanlash boʻyicha oldimizda muhim vazifa turibdi. Endi samarali ishlash barcha rahbarlar uchun ham qarz, ham farz", — deb taʼkidladi Mirziyoyev oʻz nutqida.

Prezident, bundan tashqari, barcha viloyat, shahar va tuman hokimliklarida hokimning iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, shuningdek, yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimlari joriy etilganini aytib oʻtdi.

Maʼlumotlarga koʻra, axborot-tahlil guruhlari kuchaytirilgan. Chegaraga yaqin 80 ta tumanda hokimning maxsus yordamchisi lavozimi kiritildi. Jami 739 ta qoʻshimcha shtat tashkil etilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala