Jamiyat

Oʻzbekiston pasporti "eng kuchli" pasportlar reytingida 72-oʻrinda

© Sputnik / Aleksey TixomirovOʻzbekiston pasporti
Oʻzbekiston pasporti - Sputnik Oʻzbekiston
passportindex.org saytida dunyoning eng kuchli pasportlari reytingi eʼlon qilindi. Oʻzbekiston "pasport kuchi" reytingida 72 oʻrinda qayd etildi

TOSHKENT, 17 yanv — Sputnik. Pasport "kuchi" hujjat sohibi vizasiz nechta davlatlarda boʻla olishi mumkinligiga qarab belgilangan.

passportindex.org sayti tomonidan eʼlon qilingan reytingga koʻra, Markaziy Osiyo davlatlarida eng kuchli pasport sifatida — Qozogʻiston pasporti qayd etilgan. Qozogʻiston pasportiga ega fuqarolar dunyoning 69ta davlatiga vizasiz bora olishlari aytib oʻtilgan.

Taqqoslash uchun, Qirgʻiziston pasportiga ega fuqarolar vizasiz 58ta davlatga borish imkoniga ega boʻlsalar, Tojikiston va Oʻzbekiston pasportlari sohiblari — 54ta davlatda boʻla oladilar.

Ushbu reytingning birinchi oʻrnini Germaniya egallagan (Germaniya fuqarolari vizasiz tartibda dunyoning 157ta davlatida boʻlish imkoniyatiga egalar).

Reytingning ikkinchi pogʻonasi esa Shvetsiya va Sinagpur oʻrtasida taqsimlangan (156ta davlat).

Poyi Kalon - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Sayyohlar uchun vizalarni bekor qilish 2021 yilgacha kechiktirildi
Daniya, Finlyandiya, Frantsiya, Ispaniya, Shveytsariya, Norvegiya, Buyuk Britaniya va AQSH reytingning uchinchi pogʻonasida turibdi (155ta davlat).

Toʻrtinchi oʻrinni esa Italiya, Niderlandlar, Belgiya, Avstriya, Lyuksemburg, Portugaliya va Yaponiya davlatlari oʻrtasida "boʻlib olingan". Ushbu davlatlar fuqarolari 154ta mamlakatga vizasiz borish huquqiga ega.

2017 yilning kuch jihatdan quyi pogʻonani egallagan pasporti esa — Afgʻoniston pasporti ekanligi maʼlum qilingan.

Afgʻoniston fuqarosi pasportiga ega shaxslar atigi 23ta davlatga vizasiz bora olishlari mumkinligi uchun, hujjatga reytingning eng quyi — 95-pogʻonasi ajratilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala