Hodisalar

"Istanbul terrorchisi"ning uyidan sevgi maktublari topildi

© Foto : DHAAbdulqodir Masharipov yashagan xonadondan topilgan qogʻozlar
Abdulqodir Masharipov yashagan xonadondan topilgan qogʻozlar - Sputnik Oʻzbekiston
Huquq-tartibot xodimlari ommaviy axborot vositalari vakillariga yangi yil kuni Istanbuldagi tungi klubda otishma sodir etgan Abdulqodir Masharipov yashagan xonadonni koʻzdan kechirishga ruxsat berdilar

TOSHKENT, 18 yanv — Sputnik. Politsiya Masharipovni topish mumkin boʻlgan beshta manzilni koʻzdan kechirdi va u ana shu manzillardan biridan topildi, deb xabar bermoqda Sputnik Turkiye.

U yashagan xonadonda jurnalistlarga rus alifbosining turkcha transkriptsiyasi bitilgan varaq koʻrsatildi. Varaqda shuningdek, rus tilida: "Xadija, men seni sevaman", "Axmed", "Dina" va "Love" soʻzlari ham yozilgan.

© AFP / OZAN KOSE Abdulqodir Masharipov yashagan xonadondan topilgan ashyolar
Zapiski, naydennыe v kvaritire u podozrevayemogo v terakte Abdulgadira Masharipova - Sputnik Oʻzbekiston
Abdulqodir Masharipov yashagan xonadondan topilgan ashyolar

Yana bir qogʻoz parchasida esa turk tilida: "Dina, men seni sevaman" va "Sen telbasan" degan soʻzlar bitilgan.

Matbuot vakillari xonadonda televizor yoʻqligiga eʼtibor qaratishdi. Xonadonda divanlar, ikkita karavot, muzlatgich, kir mashinasi va kichik javon bor edi.
Uy ichida koʻplab boʻshagan tuxum qutilari, yogʻ va suv idishlari yotardi. Bundan esa mahsulotlar koʻchaga kamroq chiqish uchun koʻp miqdorda sotib olingan deb xulosa qilish mumkin.

© REUTERS / Osman OrsalAbdulqodir Masharipov yashagan xonadondan topilgan ashyolar
Kvartira, gde skrыvalsya podozrevayemыy v terakte Abdulgadir Masharipov  - Sputnik Oʻzbekiston
Abdulqodir Masharipov yashagan xonadondan topilgan ashyolar

Qoʻshnilarning aytishlaricha, Masharipov soʻnggi uch kun davomida koʻchaga chiqmagan, harqalay uni hech kim koʻrmagan.

Politsiyaning maʼlumot berishicha, xonadonda u bilan birga toʻrt yoshli oʻgʻli ham yashagan. Ayni paytda bola turk hukumati himoyasida. Uning bir yarim yoshli qizi onasi bilan boʻlib, ular Istanbulning tumanlaridan birida hibsga olingan.

Hujjatlar bilan ishlash - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Oʻzbek maxsus xizmatlari Istanbulda ushlangan terrorchi bilan bogʻliq holatni oʻrganmoqda

Masharipov bilan birgalikda iroqlik erkak va Senegal, Misr va Somalidan boʻlgan uch ayol hibsga olingan. Senegallik 27 yoshli ayolning ismi Dina boʻlib, sevgi maktubi aftidan unga atalgan.

Istanbuldagi Reina tungi klubiga Yangi yil oqshomida qurolli hujum uyushtirilgan. Kalashnikov avtomati bilan qurollangan terrorchi klubni qoʻriqlayotgan politsiyachini otib oʻldirgan va klubdagi odamlarga qarata oʻt ochgan. Turkiya IIV maʼlumotlariga muvofiq, ushbu terakt oqibatida 39 kishi halok boʻlgan, 69 nafar shaxs yaralangan. Reyter agentligi "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi ushbu terakt uchun javobgarlikni oʻz boʻyniga olganligini xabar qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader