Hodisalar

OAV: Masharipov Oʻzbekistonni 6 yil avval tark etgan

Xabarda aytilishicha, Masharipov terror guruhiga aʼzoligi tufayli Oʻzbekistonda qidiruvdagi shaxslar roʻyxatida boʻlgan

TOSHKENT, 18 yanv — Sputnik. Istanbulda 39 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan Abduqodir Masharipov qoʻqonlik boʻlib chiqdi, deb xabar bermoqda nuz.uz sayti hilol.uz tarqatgan xabarga tayanib.

Xabarda aytilishicha, Masharipov terror guruhiga aʼzoligi tufayli Oʻzbekistonda qidiruvdagi shaxslar roʻyxatida boʻlgan.

Oʻzbekiston xavfsizlik idoralaridan birining vakili "Anadoʻli" muxbiriga Abduqodir Masharipovning 6 yil avval Oʻzbekistonni tark etgani va Afgʻonistonga ketganini maʼlum qilgan.

Abdulqodir Masharipov yashagan xonadondan topilgan qogʻozlar - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
"Istanbul terrorchisi"ning uyidan sevgi maktublari topildi

Shuningdek, Abduqodir Masharipovning Qoʻqon shahrida roʻyxatda turgani maʼlum boʻldi.

Abduqodir Masharipov ishi boʻyicha oʻzbek va turk xavfsizlik idoralari yaqin aloqada ekani bildirildi.

Toʻrt xorijiy til biladigan va Afgʻonistonda tayyorgarlikdan oʻtgan, laqabi Abu Muhammad Xurosoniy boʻlgan Abduqodir Masharipov Turkiyaga 2016 yilning yanvarida noqonuniy yoʻllar bilan kelgani taxmin qilinmoqda, deyiladi xabarda.

A. Masharipov Istanbulning Esenyurt tumanidagi uylardan birida ushlandi. U yashagan uyda qurol-yarogʻ bilan birga 197 ming dollar ham topilgani aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala