O‘zbekiston Haj delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Haj delegatsiyasi va Saudiya Arabistoni Haj ishlari vazirligi va mutasaddi tashkilotlar o‘rtasida "Haj-2017" mavsumining tashkiliy ishlari o‘zaro ko‘rib chiqiladi

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Haj delegatsiyasi bugun Saudiya Arabistoni Podshohligiga jo‘nab ketdi. Ushbu safar 7 kun davom etadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy portali.

Makka shahri - Sputnik O‘zbekiston
Bu yil haj va umraga avval bormaganlar borishadi

Saudiya Arabistoni Haj ishlari vaziri Solih Bantin taklifiga asosan, "Haj-2017" mavsumining tashkiliy ishlarini kelishib olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov — delegatsiya rahbari va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov boshchiligidagi delegatsiya bugun Jidda shahriga yetib boradi.

Safar davomida O‘zbekiston Haj delegatsiyasi va Saudiya Arabistoni Haj ishlari vazirligi va mutasaddi tashkilotlar o‘rtasida "Haj-2017" mavsumining tashkiliy ishlari o‘zaro ko‘rib chiqiladi. Shu maqsadda Makkai mukarrama, Madinai munavvara va Jidda shaharlarida joriy yil haj mavsumida o‘zbekistonlik hojilarga xizmat qiluvchi idoralar va muassasalar rahbarlari bilan kelishib olinadi.

Yangiliklar lentasi
0