Dunyoda

Masharipov: Menga Taqsim maydonida hujum uyushtirish buyurilgandi

© AA/ Abdulqodir Masharipov
Abdulqodir Masharipov - Sputnik Oʻzbekiston
Masharipov avvaliga terakt uyushtirish uchun Istanbuldagi Taqsim maydoniga borgan, lekin "u yerda xavfsizlik choralari oʻta kuchli boʻlganigi uchun" Reina tungi klubini tanlagan

TOSHKENT, 18 yanv — Sputnik. Istanbuldagi tungi klubga hujum uyushtirishda gumon qilinayotgan Abdulqodir Masharipov "Islom davlati" terrorchilik guruhi buyrugʻiga asosan hujum qilganligini aytdi, deb xabar bermoqda Sputnik Türkiye Hurriyet gazetasiga tayanib.

34 yoshli Masharipovning aytishicha, u avvaliga terakt uyushtirish uchun Istanbuldagi Taqsim maydoniga borgan, lekin "u yerda xavfsizlik choralari oʻta kuchli boʻlganigi uchun" Reina tungi klubini tanlagan, deb yozadi nashr.

"Men Suriyadagi urushda qatnashish uchun ariza berganimdan soʻng oʻtgan yilning yanvarida Turkiyaga Eron orqali keldim. Men Koʻnyadan makon topdim. Oʻsha yerda ekanligimda Suriyadan yangi yil kuni Taqsim maydonida hujum uyushtirish buyrugʻini oldim", — degan Masharipov va Suriyadagi rahnamolariga Taqsim maydonidan olingan videolavhani joʻnatganini aytgan.

Abdulqodir Masharipov - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
OAV: Masharipov Oʻzbekistonni 6 yil avval tark etgan

"Taqsim maydoniga kelganimda bu yerda xavfsizlik choralari oʻta kuchli ekanligini koʻrdim. Bu hujum uyushtirishim uchun imkon bermasdi. Menga buyruq bergan kishi bilan bogʻlandim. U menga boshqa nishon topishni buyurdi. Men taksida sohil boʻylab kezdim va kech soat 10larda Reyna klubini topdim. Men bu xabarni oʻsha odamga yetkazdim va u klubdagi odamlarga hujum qilishni buyurdi", — degan u.

"Meni oʻldirma", — degan Masharipov turk tilida politsiyachiga uni qoʻlga olish boʻyicha maxsus operatsiya chogʻida.

Ilgariroq Oʻzbekiston xavfsizlik idoralari Abduqodir Masharipov terrorchilik tashkiloti bilan aloqadorligi uchun qidiruvda boʻlganligini bildirgan.
Xavfsizlik idoralaridan birining vakili Abduqodir Masharipovning 6 yil avval Oʻzbekistonni tark etgani va Afgʻonistonga ketganini maʼlum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala