Masharipov: Menga Taqsim maydonida hujum uyushtirish buyurilgandi

© AA/ Abdulqodir Masharipov
Abdulqodir Masharipov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Masharipov avvaliga terakt uyushtirish uchun Istanbuldagi Taqsim maydoniga borgan, lekin "u yerda xavfsizlik choralari o‘ta kuchli bo‘lganigi uchun" Reina tungi klubini tanlagan

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Istanbuldagi tungi klubga hujum uyushtirishda gumon qilinayotgan Abdulqodir Masharipov "Islom davlati" terrorchilik guruhi buyrug‘iga asosan hujum qilganligini aytdi, deb xabar bermoqda Sputnik Türkiye Hurriyet gazetasiga tayanib.

34 yoshli Masharipovning aytishicha, u avvaliga terakt uyushtirish uchun Istanbuldagi Taqsim maydoniga borgan, lekin "u yerda xavfsizlik choralari o‘ta kuchli bo‘lganigi uchun" Reina tungi klubini tanlagan, deb yozadi nashr.

"Men Suriyadagi urushda qatnashish uchun ariza berganimdan so‘ng o‘tgan yilning yanvarida Turkiyaga Eron orqali keldim. Men Ko‘nyadan makon topdim. O‘sha yerda ekanligimda Suriyadan yangi yil kuni Taqsim maydonida hujum uyushtirish buyrug‘ini oldim", — degan Masharipov va Suriyadagi rahnamolariga Taqsim maydonidan olingan videolavhani jo‘natganini aytgan.

Abdulqodir Masharipov - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Masharipov O‘zbekistonni 6-yil avval tark etgan

"Taqsim maydoniga kelganimda bu yerda xavfsizlik choralari o‘ta kuchli ekanligini ko‘rdim. Bu hujum uyushtirishim uchun imkon bermasdi. Menga buyruq bergan kishi bilan bog‘landim. U menga boshqa nishon topishni buyurdi. Men taksida sohil bo‘ylab kezdim va kech soat 10larda Reyna klubini topdim. Men bu xabarni o‘sha odamga yetkazdim va u klubdagi odamlarga hujum qilishni buyurdi", — degan u.

"Meni o‘ldirma", — degan Masharipov turk tilida politsiyachiga uni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya chog‘ida.

Ilgariroq O‘zbekiston xavfsizlik idoralari Abduqodir Masharipov terrorchilik tashkiloti bilan aloqadorligi uchun qidiruvda bo‘lganligini bildirgan.
Xavfsizlik idoralaridan birining vakili Abduqodir Masharipovning 6-yil avval O‘zbekistonni tark etgani va Afg‘onistonga ketganini ma’lum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0