Dunyoda

Qasamyodga 2 kun qolganda, Tramp ayollarga shilqimlik qilganlikda ayblandi

© Sputnik / Kevin Dauns / Fotobankka oʻtishAQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp
AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Trampni shilqimlikda ayblagan amerikalik ayol, siyosatchi ustidan sudga arz qildi

TOSHKENT, 18 yanv — Sputnik. Amerikalik Sammer Zervos oʻz shaʼni va qadr-qimmatini tiklash maqsadida yangi saylangan AQSH prezidenti Donald Tramp ustidan sudga shikoyat qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Milliarder Donald Tramp. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Donald Trampning eng yorqin iboralari
Zervosga koʻra, siyosatchi oʻzini shilqimlikda ayblagan ayollarni obroʻsizlantirish uchun oʻz xizmat lavozimidan foydalangan.

Nashr xabariga koʻra, ariza Zervos Gloriya Olred advokati tomonidan seshanba kuni sudga topshirilgan. Shikoyat xatida Tramp oʻzining "nomunosib hatti-harakatini" tan olishi yoxud uni sudda rad etishi kerakligi aytilgan.

"2016 yil 11 noyabr kuni Trampni menga nisbatan ishlatgan yolgʻonchi degan daʼvosidan voz kechishga chaqirgan edim. Men shuningdek, undan menga nisbatan qilgan hatti-harakatlari rostligini tan olishni va bu haqda ochiq aytishni iltimos qildim. Oradan ikki oy oʻtdi, Tramp esa hamon oʻz soʻzlaridan voz kechgani yoʻq. Men va boshqa ayollar haqida aytilgan yolgʻon bayonotlarni toʻliq rad etishi uchun unga imkon bermoqchi edim", — deyilgan Zervosning arizasida. Taʼkidlanishicha, Zervosda oʻzining "qadr-qimmatini" tiklashi uchun Tramp ustidan sudga shikoyat qilishdan boshqa chora qolmagan.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning oktyabr oyida maxsus tashkillashtirilgan matbuot-anjumanida Sammer Zervos advokat guvohligida 2007 yilda Trampning "Shogird" teleshousida ishtirok etgach, yoqimsiz bir holatga duch kelganini aytgan edi. Zervosning soʻzlariga koʻra, Tramp uni ish yuzasidan gaplashib olish uchun uchrashuvga taklif qilib, natijada, bir qavatli uyga olib borgan va jinsiy yaqinlikka undamoqchi boʻlgan. Zervos oʻsha vaqtda Tramp ustidan sudga shikoyat qilishni lozim topmagan.

AQSH prezidentligi uchun boʻlib oʻtgan prezidentlik poygasi chogʻida Washington Post 2005 yilda suratga olingan videoni ommaga eʼlon qilgan: unda Tramp ayollarga shilqimlik qilayotgani va bu bilan maqtanayotgani tasvirlangan.

Shuningdek, bir guruh ayollar ham Trampni tegajogʻliqda ayblashgan. Ularning soʻzlariga koʻra, bu ishlar oʻnlab yillar narida amalga oshirilgan. Tramp ayollarni oʻziga tuhmat qilishayotgani uchun sudga jalb qilishni vaʼda qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala