Analitika

BMT: 2017 yilda MDH iqtisodiyotida oʻsish kutilmoqda

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishRossiya pullari
Rossiya pullari - Sputnik Oʻzbekiston
ekspertning fikriga koʻra, Xitoy bilan yaqin aloqalar Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ijobiy omil boʻlib xizmat qiladi

TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Ikki yillik iqtisodiy pasayishdan soʻng MDH mintaqasida 2017 yilda oʻsish kutilmoqda. BMT iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti ekspertlari ana shunday xulosaga kelishdi.

Biroq bu oʻsish oʻta yuqori koʻrsatkichni tashkil etmaydi va 1,4 foiz boʻlishi taxmin qilinmoqda.

"Xom ashyoning nisbatan arzonligi va geosiyosiy keskinlik eskirgan uskunalar, mintaqaning Yevropa hududidagi noxush demografik vaziyat, Markaziy Osiyonin ayrim joylarida elektr energiyasining taqchilligi va biznes yuritish uchun noqulay sharoitlar kabi strukturaviy cheklashlar iqtisodiy oʻsish uchun murakkab muhit hosil qiladi", — dedi BMT Bosh kotibining iqtisodiy oʻsish masalalari boʻyicha yordamchisi Lenni Montyel.

Oʻzbek-koreys toʻqimachilik texnoparki - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
OAV: Oʻzbekiston iqtisodiy oʻsish boʻyicha jahon yetakchilari qatoriga kirdi

Uning taxminicha, "MDHning yirik iqtisodiyoti oʻrta muddatli istiqbolda oʻrtacha oʻsish yoʻlidan boradi". Shu bilan birga, ekspertning fikriga koʻra, Xitoy bilan yaqin aloqalar, xususan, "Bir kamar va bir yoʻl" tashabbusi doirasidagi munosabatlar Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ijobiy omil boʻlib xizmat qiladi.

Rossiyada iqtisodiy oʻsish 2017 yilda 1,5 foiz boʻlishi kutilmoqda. BMT ekspertlari iqtisodiyot va mamlakat eksportini diversifikatsiyalash kerakligini eslatishmoqda.

BMTning soʻnggi maʼlumotlariga qaraganda, 2016 yilda jahon iqtisodiyoti hajmi 2,2 foizga oʻsgan. Bu 2009 yildan buyon qayd etilgan eng past koʻrsatkichdir.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala