Jamiyat

Oʻzbekiston Jahon tillari universitetida rus tili markazi ochiladi

© RTSNK v TashkenteJahon tillari universitetidagi uchrashuv
Jahon tillari universitetidagi uchrashuv - Sputnik Oʻzbekiston
Rossotrudnichestvo Jahon tillari universitetida rus tili markazini ochadi, bu haqda muassasalar rahbarlari kelishib olishdi

TOSHKENT, 18 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston Jahon tillari universitetida Rossotrudnichestvo vakillari va Toshkent rus tili va adabiyoti oʻqituvchilari birlashmasi raisi Natalya Petruxina ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

MDU talabalari - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
2016 yilda 2000dan ortiq oʻzbekistonliklar Rossiya oliygohlariga qabul qilindi

Davra suhbatida vakolatxona va OʻzDJTUning 2017 yildagi oʻzaro hamkorligi istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston Jahon tillari universiteti qoshida rus tili markazi tashkil etish, Rossiya va Oʻzbekiston mutaxassislari ishtirokida qoʻshma tadbirlar oʻtkazishga kelishib olindi. Shuningdek, talaba yoshlarning tarjimashunoslik boʻyicha bilim va tasavvurlarini kengaytirish borasida ushbu yoʻnalishda rossiyalik ekspertlar ishtirokida tadbirlar tashkil etiladi.

Tomonlar madaniyat va sport sohasida hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha ishlarni davom ettirishga — talabalar festivallari, sport musobaqalari oʻtkazish, Rossiya viloyatlari boʻylab sayohatlarga chiqish, rus xalqi tarixi, madaniyati va anʼanalari bilan tanishish imkonini beruvchi yoshlar loyihalarida ishtirok etishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Rossotrudnichestvo matbuot xizmati.

Uchrashuv doirasida mehmonlar oʻquv yurti va universitet kutubxonasi bilan tanishishdi.

Tomonlar taʼlim va fan sohasida hamkorlikni kengaytirish, Jahon tillari universiteti va Rossiya oliy oʻquv yurtlari bilan aloqalar mustahkamlanishini qoʻllab-quvvatladilar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala