Jamiyat

Oʻzbekistonda ishlab chiqilgan dorilar narxi 44 % gacha tushirildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishDori vositalari
Dori vositalari - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident farmoniga binoan 2017 yildan boshlab, mahalliy va import qilinadigan dorilar ustamasining maksimal hajmi cheklandi.

TOSHKENT, 19 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Dori vositalari sifatini nazorat qilish Boshqarmasi boshligʻi Habibullo Jalilov aytishiga qaraganda, 2017 yil boshidan buyon belgilangan narxda sotilayotgan, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan dorilar va tibbiy mahsulotlar narxi kamaygan.

“Cheklangan narxlarda sotuvga chiqariladigan mahalliy dori vositalari va tibbiy buyumlarning 2016 va 2017 yillar uchun taqqosiy jadvali mahalliy dori vositalarining narxi 8% dan 44% gacha pasayganligini koʻrsatdi. Demak, xalqimiz endi mahalliy dori vositalari va tibbiy buyumlarini sezilarli darajada past narxlarda xarid qilish imkoniga ega boʻldi”, — deyilgan rasmiy xabarda.

Shuningdek, Jalilov aytishiga qaraganda, 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab respublikamizdagi barcha 5500 ga yaqin dorixonalarning “Isteʼmolchilar burchagi” tashkil etilib, unda barcha dorixonalar uchun majburiy boʻlgan eng zarur dori vositalari va tibbiy buyumlarning minimal roʻyxati, retseptsiz beriladigan dori vositalari roʻyxati, belgilangan narxlarda sotiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlarning cheklangan narxlari, cheklangan narxlarda sotuvga chiqariladigan mahalliy dori vositalari va tibbiy buyumlarning 2016 va 2017 yillar uchun taqqosiy jadvalini osib qoʻyilishini taʼminlanmoqda.

Dori vositalari - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda dori vositalarini tayinlashda yangi qoidalar joriy etildi

Eslatib oʻtamiz,   Prezidentining “Aholini dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori 2017 yilning 1 yanvaridan eʼtiboran kuchga kirdi.

Ushbu qaror aholi va davolash-profilaktika muassasalarini aholi oʻrtasida keng tarqalgan kasalliklarni davolashda qoʻllaniladigan yuqori samaradorlikka ega boʻlgan sifatli va arzon dori vositalari bilan taʼminlashga qaratilgan. Qarorga muvofiq, 2017 yilning 1 yanvaridan dorilar narxini belgilashda yangi tartib-qoida joriy etildi. Endilikda mahalliy yoki import qilnadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotish ustamasi 15 va 20 foizdan ortiq boʻlmasligi kerak.

Undan tashqari tibbiyotda keng qoʻllaniladigan, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan 300 dan ortiq dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari uchun belgilangan narxlar joriy etildi. Narxlar Respublika komissiyasi tomonidan yilning har choragida belgilanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala