Jamiyat

Oʻzbekiston va Ozarbayjon charter parvozlarni muhokama qilishdi

© uzbektourism.uzIspaniyada "FITUR-2017" koʻrgazmasi
Ispaniyada FITUR-2017 koʻrgazmasi - Sputnik Oʻzbekiston
Ikki mamlakat sayyohlik muassalalari rahbarlari sayyohlar oqimini oshirish va birgalikda yaratilishi rejalashtirilgan sayyohlik xizmatlarini muhokama qilishdi.

TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Ozarbayjon Madaniyat va sayyohlik vaziri Abulfas Garayev Oʻzbekiston turizmni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi rahbari Anvar Sharapov bilan shu kunlarda Ispaniyada boʻlib oʻtayotgan Fitur-2017 sayyohlik yaramarkasida uchrashdi.

Uchrashuv davomida rahbarlar Oʻzbekiston va Ozarbayjon orasida charter parvozlari tashkil qilish, birgalikda sayyohlik xizmatlari yaratish hamda oʻzaro turizmni rivojlantirish haqida kelishib olishdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida sayyohlikning boshqa sohalari boʻyicha hamkorlik qilish haqida ham kelishib olindi.

Ispaniyada 18-22 yanvarda FITUR-2017 koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda. Unda dunyoning 164 mamlakatidan 9 mingdan ortiq sayyohlik kompaniyalar qatnashmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala