Jamiyat

Ertaga Oʻzbekistonning ayrim hududlarida yomgʻir yogʻadi

Gidrometeorologiya markazi xabariga koʻra, 21 yanvar kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻib, kechqurun qorga aylanishi mumkin

TOSHKENT, 20 yanv — Sputnik. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 21 yanvar kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻib, kechqurun qorga aylanishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamol tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-2, kunduzi 2-4 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik boʻlib, tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik boʻlib, tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.

Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻib, tuman tushishi mumkin. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 4-9 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik boʻlib, tuman tushishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi bor. Gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala