Obamaning Oq uydagi narsalarini yuzga yaqin xizmatchilar olib chiqib ketadi

© The White HouseMishel va Barak Obama
Mishel va Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Trampning qasamod tadbiri boshlanishi bilan Barak Obama Oq uydan ko‘chadi

TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Yuzga yaqin xizmatchi xodimlar juma kuni Oq uydan Barak Obamaning yuklarini olib chiqib ketadilar, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Ko‘chish jarayoni xuddi harbiy operatsiyadek amalga oshirilar ekan: Obama yangi saylangan prezident qasamodiga yo‘l olishi bilan uning yuklari Oq uydan olib chiqib ketiladi. Obamalar oilasi bundan buyog‘iga Vashingtondagi uylarida istiqomat qilishadi.

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Qasamodga 2 kun qolganda, Tramp ayollarga shilqimlik qilganlikda ayblandi
Nashr xabariga ko‘ra, Obama ko‘chib chiqishi bilan Oq uyga AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning bagajlari olib kiriladi.

Tramp O‘zbekiston vaqti bilan 22.00da qasamod qabul qiladi. Xuddi shu vaqtning o‘zida ikki muddat prezidentlik qilgan Obamaning vakolatlari to‘xtatiladi.

Obama Tramp qasamodi tadbiriga ketish oldidan Oq uydagi xizmatchilar bilan xayrlashadi. Xuddi shu vaqtning o‘zida uydagi sharoit Trampga moslashtirila boshlaydi. Nashrda yozilishicha, sog‘lom hayot tarziga qat’iy amal qilgan Obamalar oilasi Oval kabinetda olma va bodomlar saqlashgan ekan. Tramp esa fas-fudni xush ko‘rgani uchun, endilikda olma o‘rnini chips egallashi aytilmoqda.

© REUTERS / Yuri GripasGruzchiki perevozat veshi semi Baraka Obami iz Belogo doma
Gruzchiki perevozat veshi semi Baraka Obami iz Belogo doma - Sputnik O‘zbekiston
Gruzchiki perevozat veshi semi Baraka Obami iz Belogo doma

Bu kabi talablar rahbarlar tomonidan xizmatchilarga oldindan aytiladi.

Oq uy 20-yanvar kunining o‘zidayoq Tramp ko‘chib kirishi uchun tayyor holatga keltiriladi.

Yangiliklar lentasi
0