AQSh razvedkasi o‘zbek gazetalaridan nima izlagan

© fragolerosseMatbuot
Matbuot - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy razvedka boshqarmasi "sovuq urush" davriga oid maxfiy hujjatlarni oshkor qildi, bu hujjatlarda O‘zbekiston nomi ham qayd etilgan

TOShKENT, 20 yanv — Sputnik, Anton Kurilkin. MRB sayti orqali qidiruv berilganida O‘zbekiston tilga olingan 2259ta va "Uzbek" so‘zi qayd etilgan 3982ta hujjat chiqadi. Amerikaliklarni nima qiziqtirgan?

Barcha narsa — iqtisodiyot, infrastruktura, siyosiy qiziqishlar, respublikadagi sovet armiyasi qismlari joylashuvi, tibbiyot va fan. Masalan, AQSh razvedkasini paxta va O‘zbekiston irrigatsion tizimi judayam qiziqtirgan. Oshkor qilingan ma’lumotlardan biri Katta Farg‘ona kanalidagi to‘g‘on suratidir.

© CIAMRB hujjatida berilgan Katta Farg‘ona kanali surati
Foto Bolshogo Ferganskogo kanala iz doklada SRU - Sputnik O‘zbekiston
MRB hujjatida berilgan Katta Farg‘ona kanali surati

Amerikalik josuslarning O‘zbekistonda qanday faoliyat yuritishgani haqida ma’lumotlar berilmagan — ular hali ham maxfiylik tamg‘asi ostida turibdi.

Respublikadagi vaziyat haqidagi ma’lumotni ular asosan ochiq manbalardan olishgan.

MRB - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy razvedka boshqarmasi 50-yillik maxfiy hujjatlarni oshkor qildi

Oshkor qilingan ma’lumotlarning aksariyati sovet gazetalaridan ko‘chirmalar, teledasturlarni hikoya qilib berish va sovet olimlari dissertatsiyalarining mazmunidan iborat.

Amerikaliklar barcha sovet gazetalari, jurnal va haftaliklarini o‘qib borishgan. Masalan, tibbiyot sohasidagi ma’lumotlarni "Meditsinskiy rabotnik" jurnalidan olishgan.

Yangiliklar manbasi sifatida ular yirik emas, mahalliy — "Andijanskaya pravda", "Pravda Vostoka" va boshqa gazetalardan foydalanishgan. Ular uchun "Istoriya SSSR", "Geografiya v shkole" ilmiy jurnallari yirik statistika manbasi bo‘lgan. Masalan, O‘zbekistonning sovet hokimiyati davridagi dastlabki 25-yil davomida erishgan yutuqlarini ular SSSR tarixi jurnalidan bilishgan.

Oshkor etilgan arxivda haqiqiy josuslik ma’lumotlari kam. Lekin ular uchrab turadi. Masalan, respublika transport vazirligi binosining batafsil tasvirlanishi. Hisobotda hatto kabinetlar joylashuvi tushirilgan chizma ham bor.

© CIAO‘zbekiston SSR transport vazirligidagi kabinetlar joylashuvi
Raspolojenie kabinetov ministerstva transporta v Uzbekskoy SSR - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston SSR transport vazirligidagi kabinetlar joylashuvi

Amerika razvedkasi saytida jami bo‘lib 13 million hujjat oshkor etilgan. Ular orasida NUJlarni kuzatish va insonning yashirin imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha yashirin tadqiqotlar haqidagi ma’lumotlar ham mavjud.

Yangiliklar lentasi
0