Qirg‘izistonlik o‘t o‘chiruvchilar O‘zbekistondagi yong‘inni o‘chirishda yordamlashdi

© Press-slujba MChS RF / Mediabankka o‘tishO‘t o‘chiruvchi
O‘t o‘chiruvchi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Botken viloyatidagi o‘t o‘chirish qismiga O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidagi chegaradosh qishloqdan yong‘in haqida chaqiriq tushgach, o‘t o‘chiruvchilar zudlik bilan hodisa joyiga yetib borishdi

TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Qirg‘iziston FVV O‘zbekistondagi yong‘inni o‘chirishda qirg‘iz o‘t o‘chiruvchilari ham qatnashganini xabar qildi.

Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, soat 22:50da Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi qishloqdagi uylardan birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelgan. Soat 23:12da Botken viloyatidagi o‘t o‘chirish qismining ikki mashinasi qishloqqa yetib borgan.

Bir yarim soat ichida yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lindi. Uy egasi Shuhrat Yorxonov va uning qizlari Durdona va Bahora Umaraliyevalar kasalxonaga yotqizildi.

Yong‘in sabablari aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0