Dunyoda

Erini koʻzi bilan "teshvoray" degan Xillari internetda kulgi ostida qoldi

Trampning qasamyodi tadbiriga kelgan Bill Klintonning nigohi sahnadamas, boshqa joyda boʻlganini koʻrgan Xillari eriga norozi qaragani internet foydalanuvchilari orasida qizgʻin muhokama qilinmoqda

TOSHKENT, 21 yanv — Sputnik. Xillari Klintonning tadbir vaqtida chalgʻigb qolgan eriga oʻziga xos nigoh tashlagani ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari eʼtiboridan chetda qolmadi.

Internet foydalanuvchilarining aksariyati labini tishlagan Bill Donald Trampning qizi — Ivankani "baholayaptiyov", deya taxmin qilishdi.

"Oʻzingizga xuddi Bill Ivanka Trampga qaragandek qaraydigan insonni toping", deya yozgan NinJosh.

"Xillarining jahli chiqib ketdi, Bill esa hatto qosh qoqmadi", — deya oʻz fikrini bildirgan tonya dye.

"Bill, sen hech qachon oʻzgarmaysan", — deb yozgan Jey Uorner.

"Xillarining yuzini tomosha qilish juda maroqli. Hatto, eng kulgili komediyalar ham bunchalik zavq bermaydi", deb yozgan MrIves.

AQShning sobiq prezidenti kimga yoki nimaga qarayotgani nomaʼlumligicha qolmoqda.

The Sun nashri Bill Klinton AQShning yangi prezidenti rafiqasi — Melanyaga "baqraygan"ligini taxmin qildi. "Ammo Ivanka ham uning diqqat markazida edi", deb qoʻshimcha qilgan nashr.

Eslatib oʻtamiz, 1998 yilda AQSH prezidenti Bill Klintonning Oq uyga amaliyotga kelgan Monika Levinskiy bilan ishqiy munosabatda boʻlgani ommaga oshkor boʻlgan edi. Bu mojaro Billning prezidentlik faoliyatiga nuqta qoʻyishiga sal qolgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala