Erini ko‘zi bilan "teshvoray" degan Xillari internetda kulgi ostida qoldi

© REUTERS / MIKE SEGARXillari Klinton
Xillari Klinton - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Trampning qasamodi tadbiriga kelgan Bill Klintonning nigohi sahnadamas, boshqa joyda bo‘lganini ko‘rgan Xillari eriga norozi qaragani internet foydalanuvchilari orasida qizg‘in muhokama qilinmoqda

TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Xillari Klintonning tadbir vaqtida chalg‘igb qolgan eriga o‘ziga xos nigoh tashlagani ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e’tiboridan chetda qolmadi.

Internet foydalanuvchilarining aksariyati labini tishlagan Bill Donald Trampning qizi — Ivankani "baholayaptiyov", deya taxmin qilishdi.

"O‘zingizga xuddi Bill Ivanka Trampga qaragandek qaraydigan insonni toping", deya yozgan NinJosh.

"Xillarining jahli chiqib ketdi, Bill esa hatto qosh qoqmadi", — deya o‘z fikrini bildirgan tonya dye.

"Bill, sen hech qachon o‘zgarmaysan", — deb yozgan Jey Uorner.

"Xillarining yuzini tomosha qilish juda maroqli. Hatto, eng kulgili komediyalar ham bunchalik zavq bermaydi", deb yozgan MrIves.

AQShning sobiq prezidenti kimga yoki nimaga qarayotgani noma’lumligicha qolmoqda.

The Sun nashri Bill Klinton AQShning yangi prezidenti rafiqasi — Melanyaga "baqraygan"ligini taxmin qildi. "Ammo Ivanka ham uning diqqat markazida edi", deb qo‘shimcha qilgan nashr.

Eslatib o‘tamiz, 1998-yilda AQSh prezidenti Bill Klintonning Oq uyga amaliyotga kelgan Monika Levinskiy bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani ommaga oshkor bo‘lgan edi. Bu mojaro Billning prezidentlik faoliyatiga nuqta qo‘yishiga sal qolgandi.

Yangiliklar lentasi
0