Siyosat

Mirziyoyev xonadonlarga kirib, xalq turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishOʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Mirziyoyev bundan buyon har bir tuman va shaharga, kerak boʻlsa, chekka qishloq va ovullarga kirib boramiz, deya bergan vaʼdasining ustidan chiqdi

TOSHKENT, 21 yanv — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yilning oʻtgan yilning noyabrida saylovoldi dasturi bilan Qoraqalpogʻistonning Shumanay tumanida boʻlgan va "Bundan buyon har bir tuman va shaharga, kerak boʻlsa, chekka-chekka qishloq va ovullargacha kirib boramiz. U yerda istiqomat qilayotgan odamlarning dardini eshitamiz, muammolarini hal qilishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqamiz va ijrosini qatʼiy nazoratga olamiz", deb aytgan edi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev: Xalq rozi boʻlsa, ishimizda unum va baraka boʻladi
U bergan vaʼdasining ustidan chiqdi.

Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqining hayot darajasi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan uchrashish va muloqot qilish maqsadida 20-yanvar kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyurdi, deb xabar qilgan Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Prezident respublikadagi shifoxonalar sharoiti bilan ham tanishgan. Shifokorlar bilan muloqotda malakali tibbiy kadrlar yetishtirish, shifoxonalar qurishda har bir hududning oʻziga xos iqlim sharoitidan kelib chiqish masalalari yuzasidan fikr almashgan.

Prezident odamlar boshlangan oʻzgarishlarni oʻz hayotida his qilishi uchun joriy yil yakunigacha 40 koʻp qavatli turar-joy binosi barpo etish va foydalanishga topshirish toʻgʻrisida koʻrsatma bergan.

© http://jahonnews.uz/uz/politika/282/30327/Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurdi
Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurdi - Sputnik Oʻzbekiston
Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurdi

Mirziyoyevning Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala