Tramp Obama olib tashlagan Cherchill haykalini Oq uyga qaytardi

© Sputnik / Kevin Dauns / Mediabankka o‘tishAQShning 45 prezidenti Donald Tramp
AQShning 45 prezidenti Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buyuk britaniyalik siyosatchi Uinston Cherchillning haykali Tramp qasamod qabul qilgan kunning o‘zidayoq Oq uydagi Oval kabinetga qaytarilgan

TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Tramp Obama tomonidan 2009-yilda olib tashlangan Uinston Cherchill haykalini Oval kabinetga qaytardi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Xabarga ko‘ra, AQShning 45-prezidenti Oq uydagi ish kabineti ko‘rinishini tubdan yangilashni rejalashtirgan. Jumladan, u tez orada Oval kabinetdagi to‘q-qizil rangli pardalarni boshqa rangdagisiga almashtirmoqchi.

Cherchill haykalining olib tashlanishi sabablariga kelsak, Barak Obama 2009-yilda prezident etib saylangach, Avraam Linkoln va Martin Lyuter King bustlariga joy ajratish uchun shunday qaror qabul qilgan, deb yozgan nashr.

Nashrga ko‘ra, Tramp qasamod qabul qilishi bilan "yeng shimarib" ishga kirishgan. Tramp va uning Respublikachilar partiyasi sobiq prezident Obama tomonidan amalga oshirilgan islohotni tezkorlik bilan bekor qilishni rejalashtirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0