Iqtisod

Rossiya oʻzini oʻzi boqishga tayyor boʻlishi kerak - Medvedev

© Sputnik / Pavel Lisitsыn / Fotobankka oʻtishBugʻdoy mahsulotlarini yigʻishtirib olish
Bugʻdoy mahsulotlarini yigʻishtirib olish - Sputnik Oʻzbekiston
Medvedevning fikriga koʻra, Rossiyaga qarshi kiritilgan sanktsiyalar hali beri bekor qilinmaydi, shuning uchun ularning bekor qilinishini kutib oʻtirmasdan, aksincha, sanktsiyalardan foydalanib qolish kerak.

TOSHKENT, 22 yanv — Sputnik. Rossiya qishloq xoʻjaligi vakillari ayni dammda qoʻllaniyalayotgan sanktsiyalardan foydalanib qolishi kerak, nima boʻlganda ham biz oʻzimizni oʻzimiz boqa olishimiz kerak, dedi Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev, RIA Novosti xabariga asosan. 

Medvedevning fikriga koʻra, Rossiyaga qarshi kiritilgan sanktsiyalar hali beri bekor qilinmaydi, shuning uchun ularning bekor qilinishini kutib oʻtirmasdan, aksincha, sanktsiyalardan foydalanib qolish kerak.

"Bizning dehqonlar esa, mavjud boʻlgan ushbu vaziyatdan unumli foydalanib qolishlari kerak. Biz buning uchun ularga yordam beramiz. Nima boʻlganda ham biz oʻzimizni oʻzimiz boqamiz", — dedi bosh vazir "Yedinaya Rossiya" partiyasi majlisida.

Medvedev aytishiga qaraganda, oʻtgan yil Rossiya misli koʻrilmagan — 119 million tonna bugʻdoy mahsulotlari hosili yigʻib olgan. 2016 yilda qishloq xoʻjaligi oʻsishi 3% ni takshkil qilgan.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya va Gʻarb munosabatlari Qrim voqealaridan keyin yomonlashdi. 2014 yildan boshlab AQSH va Yevropa mamlakatlari Rossiyaga iqtisodiga nisbatan turli chelovlar — sanktsiyalar qoʻllay boshladi. Bunga javoban Rossiya ham AQSH va Yevropa mamlakatlariga nisbatan oziq-ovqat mahsulotlari importini taʼqiqladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala