Jamiyat

GM Uzbekistan avtombillarni onlayn sotadi

© Gazeta.uzGM Uzbekistan avtomobil zavodi
GM Uzbekistan avtomobil zavodi - Sputnik Oʻzbekiston
Xaridorlar bilan onlayn aloqada boʻlish, kompaniya taklif qilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va mavjud boʻlgan muammolarni hal qilishga yordam beradi.

TOSHKENT, 23 yanv — Sputnik. GM Uzbekistan axborot va kommunikatsiya texnologiyalari oraqali xaridorlar bilan mustahkam aloqa oʻrnatishga qaror qildi, kompaniya rasmiy saytiga asosan

"GM Uzbekistan, UZINFOCOM, Inxa Universiteti, TATU va Turin politexnika universiteti orasida avtombillarni sotish va sotuvdan keyin xizmat koʻrsatish jarayonida axborot va kommunikatsiya xizmatlaridan keng foydalanish  haqida memorandum imzolashdi", — deyilgan kompaniya rasmiy xabarida.

Kompaniya aytishiga qaraganda, bunday hamkorlik kompaniya taklif qilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va mavjud boʻlgan muammolarni hal qilishga

Avtokorxona payvandlash tsexi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
GM Uzbekistan bozordagi soxta ehtiyot qismlardan ogohlantiradi
yordam beradi. Xususan, boʻlajak loyihada xaridorlar yaqin masofada joylashgan avtomobil dilerlarini topish  va oʻz fikr mulohazalarini bildirishlari mumkin. Shuningdek loyihada keyinchalik avtomobillarni onlayn tarzda sotish ham koʻzda tutilgan.

Loyihaning yana bir jihati Oʻzbekistonlik avtomobil ishlab chiqaruvchisi va aholi orasida aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan. Ushbu loyiha aholiga GM Uzbekistan tomonidan tadbiq qilinayotgan yangilik va oʻzgarishlar haqida xabar qilib boradi.

Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun yuqorida aytib oʻtilgan OTMlar talabalari malaka oshirishga taklif qilinadi. Amaliyotlar yakunida eng munosib talabalar GM Uzbekistan kompaniyasiga ishga taklif qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala