Arzon uylar qurish bilan "O‘zshahar qurilish invest" shug‘ullanadi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishQuruvchilar ish ustida
Quruvchilar ish ustida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kompaniya zimmasiga arzon ko‘p xonadonli uylarni to‘liq tayyor holda foydalanishga topshirish sharti bilan qurish va rekonstruksiya qilish vazifasi yuklatilgan

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Prezidentining qarori bilan «O‘zshahar qurilish invest» respublika ixtisoslashtirilgan injiniring kompaniyasini tashkil etish tasdiqlandi, lex.uz portaliga asosan.

Namunaviy loyihadagi uy qurilishi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yoppasiga arzon uylar qurilishi boshlanadi

Kompaniya zimmasiga 2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p xonadonli uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi bo‘yicha arzon ko‘p xonadonli uylarni to‘liq tayyor holda foydalanishga topshirish sharti bilan qurish va rekonstruksiya qilish vazifasi yuklatilgan.

Kompaniya shuningdek moliyalashtirishni tashkil qilish va qurilish ishlari ustidan texnik nazoratni amalga oshirish, keyinchalik qurilgan uylarni imtiyozli ipoteka kreditlari hisobiga aholiga sotish uchun "Ipoteka bank" ATIBga topshirish vazifalarini ham bajaradi.

"O‘zshahar qurilish invest"ning ustav kapitali 1 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0