O‘shda aviahalokat jabrdiydalari uchun yig‘ilgan pulni o‘g‘irlab ketishdi

Obuna bo‘lish
Jinoyat sodir etganlar hozircha qo‘lga olinmadi

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. O‘shda noma’lum shaxslar Bishkekdagi aviahalokatda jabr ko‘rganlar uchun yig‘ilgan 30 ming som pulni o‘g‘irlab ketishdi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston O‘Sh IIB matbuot xizmatiga asoslanib.

Yig‘ilgan pul O‘sh viloyati Qorasuv tumanidagi Sharq qishlog‘i o‘ramida joylashgan madaniyat uyidan o‘g‘irlab ketilgan.

Qirg‘izistonda yuk samolyotining halokatga uchrashi - Sputnik O‘zbekiston
Bishkekdagi avia-halokat: 37 qurbonning shaxsi aniqlandi

"Jinoyat 22-yanvarga o‘tar kechasi sodir etilgan. Shuningdek, noutbuk ham yo‘qolgan. Pullarni mahalliy aholi to‘plagandi, masjiddan ham ehson qilingandi", — dedi militsiya vakili.

Jinoyat sodir etganlar hozircha ushlanmadi.

Ilgariroq FVV halokat jabrdiydalari uchun 20 million somdan ortiqroq pul yig‘ilganini ma’lum qilgandi. Moddiy yordam ko‘rsatishni istagan barcha jismoniy va yuridik shaxslar har qanday valyutada maxsus hisob raqamiga pul o‘tkazishlari mumkin.

O‘tgan haftada Bishkek shahri yaqinida Boeing 747 yuk samolyoti halokatga uchradi. Istanbuldan Gonkongga uchayotgan samolyot Bishkekda yonilg‘i quyishi lozim edi. Halokat oqibatida 39 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi jarohatlandi. Aviahalokatni davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi mutaxassislari o‘rganishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0