"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ turli mish-mishlarga ishonmaslikni so‘radi

Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston temir yo‘llari" Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida qatnovchi yo‘lovchi poyezdlari harakati vaqtincha to‘xtatilgani sababiga oydinlik kiritdi

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi poyezdi qatnoviga doir turli mish-mishlarga nisbatan raddiya berdi.

Unda shunday deyiladi "Hurmatli yo‘lovchilar, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 23-yanvar kuni texnik ko‘rik ishlarini o‘tkazish sabablariga ko‘ra, Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida qatnovchi 61/62, 60/59-sonli yo‘lovchi poyezdlari harakati vaqtincha to‘xtatildi".

Raddiyada mazkur ushbu jarayonga oid tarqatilayotgan turli xil asossiz xabarlarga e’tibor qaratmaslik so‘raladi.

Yangiliklar lentasi
0