Jamiyat

Oʻzbekistonda misli koʻrilmagan media-haftalik boshlandi

Media-haftalik dasturidan harakat strategiyasining beshta yoʻnalishi taqdimotlari, ular yuzasidan ochiq muhokama va munozara tarzida boʻlib oʻtadigan brifing, matbuot anjumanlari, tok-shoular oʻrin olgan

TOSHKENT, 23 yanv — Sputnik. Bugun Oʻzbekistonda 2017-2021 yillarda mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha harakat strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bagʻishlangan media-haftalik boshlandi, deb xabar beradi Sputnik muxbiri.

Buning uchun Toshkentda zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan maxsus maydoncha tashkil qilindi. Bu yerda xususan, yuqori tezlikdagi internet, wi-fi aloqasi taʼminlangan 40ta kompyuter, press-kitlar oʻrnatilgan. Bundan tashqari, mamlakatning nodavlat hududiy telestudiyalari, shuningdek, OʻzEOAVMA Yoshlar multimedia telekompleksi bilan onlayn bogʻlanishlar yoʻlga qoʻyilgan.

Media-haftalik dasturidan mazmunan ikki qismga boʻlinadigan — Harakat strategiyasining beshta yoʻnalishi taqdimotlari, ular yuzasidan ochiq muhokama va munozara tarzida boʻlib oʻtadigan brifing, matbuot anjumanlari, tok-shoular oʻrin olgan.

Shavkat Mirziyoyevning Prezident lavozimiga kirishish tantanali marosimi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonning 2021 yilgacha rivojlanish strategiyasi ishlab chiqiladi

Tayyorlangan barcha media materiallar mamlakatning nodavlat teleradiostantsiyalari efirlari orqali tezkorlik bilan uzatib boriladi, shuningdek, internet OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiriladi.

Media-haftalik ishtirokchi va mehmonlari ekspert va jurnalistlar jamoatchiligi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari vakillari, taniqli shaxslar va Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik korpus vakillari boʻlishadi.

Tashkilotchilarning soʻzlariga koʻra, strategiya loyihasining har bir yoʻnalishi muhokamasi uchun bir kundan vaqt ajratiladi. Shu tarzda tadbir ishtirokchilari 23 yanvardan 27 yanvargacha Oʻzbekiston kelajagi uchun muhim oʻrin tutuvchi hujjat boʻyicha fikr almashib, muhokama qiladilar.

Eslatib oʻtamiz, respublikada Oʻzbekistonni rivojlantirishning besh yillik strategiya loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan. Hujjat davlat boshqaruvi, sud-huquq tizimini islohot va modernizatsiya qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy va tashqi siyosat sohasidagi islohotlarni oʻz ichiga oladi.

Mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev strategiya loyihasi avvalo xalq qarashlari va manfaatlarini hisobga olgan holda hamda xalq bilan muloqotning amaliy isboti sifatida keng jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilganligini qayd etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala