Tarixiy Mercedes-Benz 6,6 mln $ga sotildi

© rmsothebys.comMercedes-Benz
Mercedes-Benz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Savdoga qo‘yilgan model 1939-yilda ishlab chiqarilgan. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng avtomobil sovet diplomatlariga kelib tushgan, so‘ngra Moskvaga olib ketilgan

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Bundan 50-yil ilgari sobiq SSSRdan olib chiqib ketilgan Mercedes-Benz avtomobili AQShdagi kimoshdi savdosida 6,6 million dollarga sotildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Sotheby's kimoshdi savdo uyining ma’lum qilishicha, tomi yig‘ishtiriladigan 540K Special modeli atigi 25ta chiqqan.

Savdoga qo‘yilgan model 1939-yilda ishlab chiqarilgan. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng avtomobil sovet diplomatlariga kelib tushgan, so‘ngra Moskvaga olib ketilgan.

Moskvada mashinani taniqli kolleksioner va restavrator Artur Leshtin sotib olgan.

Keyinchalik avtomobil shvetsiyalik tarjimon Alf Yoxanssonga sotilgan bo‘lib, u 1967 yilda mashinani Shvetsiyaga minib ketgan.

540K turkumidagi "Mersedes"lar 1936-yildan chiqa boshlagan bo‘lib, nemislarning urushdan oldingi davr avtosanoatining yuksak namunasi hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0