Jamiyat

Naqd va plastik karta orqali hisob-kitoblar oʻrtasidagi farqlar bartaraf etiladi

Bir plastik kartadan boshqasiga mablagʻlarni oʻtkazish uchun tariflarni pasaytirish rejalashtirilmoqda. Yangi normalarning asosiy maqsadi – fuqarolik aylanmasi ishtirokchilari uchun naqd va naqdsiz toʻlovlar oʻrtasidagi tafovutni bartaraf etishdir

TOSHKENT, 24 yanv — Sputnik. Qonun hujjatlarini baholash tizimi portaliga "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturi loyihasi joylandi. U naqd va naqdsiz pul aylanmasi oʻrtasidagi farqlarni bartaraf etish choralarini nazarda tutadi, deb xabar qilgan kun.uz nashri.

Jamiyat
Oʻzbekiston plastik kartalari: virtual pullar mashmashasiga qachon chek qoʻyiladi?
Loyihada plastik kartalardan hamma yerda foydalanish uchun qoʻshimcha qulayliklarni yaratish maqsadida toʻlov terminallarining ijara stavkalarini ikki barobar pasaytirish taklif etilmoqda, deyilgan xabarda. Bugungi kunda banklar tomonidan belgilangan ijara stavkasi oyiga 10 yevroga teng.

Shu bilan birga, bir plastik kartadan boshqasiga mablagʻlarni oʻtkazish uchun tariflarni pasaytirish rejalashtirilmoqda. Yangi normalarning asosiy maqsadi – fuqarolik aylanmasi ishtirokchilari uchun naqd va naqdsiz toʻlovlar oʻrtasidagi tafovutni bartaraf etishdir. Hozir bunday oʻtkazmalar uchun toʻlov tizimlari mablagʻning miqdoridan 2 % olishmoqda.

Bundan tashqari, yakka tartibdagi tadbirkorlar, oilaviy korxonalar, dehqon xoʻjaliklari uchun plastik kartalardan ishlab chiqarish, savdo va boshqa ehtiyojlari uchun erkin foydalanish imkoniyatlari kengayadi.

Naqd bilan toʻlash talablari hamda toʻlov usuliga bogʻliq holda narxlardagi farqlarni belgilashga (buning uchun chegirma taqdim qilish) yanada katta taqiq qoʻyiladi.

VISA va MasterCard - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda plastik kartochkalar orqali kreditlar ajratish koʻzda tutilmoqda
Shuningdek, banklar kredit kartalarni faolroq chiqara boshlashadi. Bugungi kunda plastik kartalarning aksariyati debet kartalardir. Ular faqat egasiga tegishli boʻlgan va uning hisob varagʻiga oldindan oʻtkazilgan (qoidaga koʻra, ish beruvchi tomonidan) mablagʻlardangina foydalanish imkoniyatini beradi. Kredit kartalar esa uning egasiga tovar va xizmatlarni keyinchalik qoplab berish bilan bankning hisobidan olishga yoʻl qoʻyadi. Shu tariqa, naqdsiz hisob-kitoblardan foydalanish uchun qoʻshimcha ragʻbatlantiruvchi omil yuzaga keladi.

Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala