"Tolibon" Donald Trampga ochiq xat yozdi

© AFP 2023 / NOORULLAH SHIRZADATolibon jangarilari
Tolibon jangarilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Tolibon" AQSh prezidentiga ochiq xat yozib, amerika qo‘shlarini Afg‘onistondan olib chiqishni so‘radi.

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. "Tolibon" harakati o‘zining rasmiy sahifasida Donald Trampga ochiq xat yozib, amerika qo‘shnlarni Afg‘onistondan olib chiqishni so‘radi, deb xabar qilmoqda Quddus Post nashri.   

Tolibon harakati jangarilari - Sputnik O‘zbekiston
Tolibon asirga olingan amerikalik professor murojaatini e’lon qildi

"Tolibon" xatida yozilishiga ko‘ra, amerka qo‘shnlarinig Afg‘onistonda 15-yil davomida olib borgan faoliyati faqat qon to‘kilishi va xarobalikdan boshqa natijaga olib kelmagan. Behudaga sarflangan milliardlab mablag‘lar aholining AQShga bo‘lgan ishonchini oqlamagan.

Undan tashqari "Tolibon", Trampga, generallar tomonidan taqdim etilgan, "Afg‘onistonda AQSh kuchlari qulay pozitsiya va ustunlikka ega ekanligi" haqidagi yolg‘ondakam hisobotlarga ishonmaslikka chaqirdi.

"Ushbu urushni boshlash va unga nuqta qo‘yish uchun javobgarlik sizning yelkangizda", — deyilgan xat davomida.

"Amerika Qo‘shma shtatlari chet el qo‘shnlariga nafaqat o‘z yerida, balkim qo‘shni mamlakat hududida ham toqat qila olmaydi — deyilgan "Tolibon" xatida, — Siz buni yaxshi tushunishingiz kerak. Afg‘oniston musulmonari  chet el okkupatsiyasiga qarshi ko‘tarilmoqda."

Tolibon vakillari - Sputnik O‘zbekiston
YeI Afg‘onistonni barqarorlashtirishda "Tolibon" ishtirokini yoqlamoqda

Undan tashqari xatda AQSh ma’muriyati, "barchaga yaxshi bilgan musulmon  muxolifatchilarini Afg‘onistonning "qalbaki hukumati" sifatida tayinlashda ayblangan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh boshchiligadagi  NATO qo‘shnlari Afg‘onistonga 2001-yilda, 9/11 teraktdan keyin Usama Bin Lodin terrorchilariga qarshi kurash uchun kiritilgan edi. 2014-yilda qo‘shnlarning aksariyati olib chiqib ketildi. Hozirgi kunda Afg‘onistonda AQShning ikki harbiy bazasi qolgan. Ularning asosiy vazifasi — hukumatga maslahat berish va kadrlar tayyorlash.

Tramp shu vaqtga qadar Afg‘oniston borasida o‘z fikrini aniq bildirmagan edi,  lekin u butun dunyoda islom terrorchiligini tugatishga va’da bergan.

Rossiya TIV ham bu borada o‘z fikrini bildirdi:

“ Bizga ma’lum bo‘lishicha AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shnlarini olib chiqishga harakat qilmayapti. Bu mantiqqa to‘g‘ri, chunki agar ular harbiylarni olib chiqib ketishsa, bu mamalkatda hamma narsa barbod bo‘ladi”, — dedi Rossiya TIVi 2 bo‘limi boshlig‘i Zamir Qobulov.

Yangiliklar lentasi
0