Toshkentdan uy sotib olishni istaganlar uchun yangi talablar kiritilmoqda

Obuna bo‘lish
Yangi qonun loyihasida boshqa shaharliklarga Toshkentdan kvartira sotib olish uchun qanday talablar qo‘yilishi kerakligi muhokama qilinmoqda.

TOShKENT, 24 yanv – Sputnik. Normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portalida “Inson manfaatlari va xalq bilan suhbat” yili davlat dasturi loyihasi e’lon qilingan, deb yozadi Darakchi nashri.

Ushbu loyihada, jumladan, Toshkent shahri va viloyati hududa kvartira va uy sotib olishni istagan boshqa viloyat vakillari va chet el fuqarolari uchun bir qator shartlar kiritish taklif qilingan. 

Xususan, loyihada aytilishiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari faqat birlamchi bozorda, ya’ni yangi qurilgan uylardan turar joy sotib olishlari mumkin. Lekin ushbu turar joy narxi eng kam ish haqqidan 2 ming marotaba qimmat bo‘lishi kerak. Undan tashqari ushbu turar joy narxidan davlatga 5-10 % miqdorida boj to‘lash kerak bo‘ladi.  

Chet el fuqarolari Toshkent shahri yoki viloyatidan uy sotib olganda turar joy narxi 100 ming AQSh dollaridan qimmat bo‘lishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Toshkentda doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan fuqarolar bu yerda uy-joy sotib olish huquqiga ega emas.

Yangiliklar lentasi
0