Oliy Majlis: sudya bo‘lib faqat 70 yoshgacha ishlash mumkin

© fotoliaAdolat timsoli
Adolat timsoli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda O‘zbekistonda yoshi 30dan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga ega, yuridik sohada kamida besh yillik stajga ega bo‘lgan fuqarolar sudya sifatida ishlashlari mumkin

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda sud hokimiyati vakillari uchun yosh cheklovi 70 yosh deb belgilanishi rejalashtirilmoqda, deb ma’lum qildi Oliy Majlis Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Botir Matmurodov.

Ilgariroq respublikada davlat boshqaruvi, sud-huquq tizimini islohot va modernizatsiya qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy va tashqi siyosat sohasidagi islohotlarni o‘z ichiga olgan O‘zbekistonni rivojlantirishning besh yillik strategiya loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

"Sud tizimida islohotlar o‘tkazish doirasida tuman va viloyat sudyasi lavozimida 65 yoshgacha, Konstitutsion, Oliy va Oliy xo‘jalik sudyasi lavozimida esa 70 yoshgacha yosh cheklovini joriy etish rejalashtirilmoqda", — dedi Matmurodov mamlakatni rivojlantirish strategiyasi loyihasini muhokama qilish bo‘yicha o‘tkazilayotgan media-haftalik chog‘ida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, strategiyani amalga oshirish doirasida mutasaddi muassasa va vazirliklar 2017-yil oxiriga qadar qonunchilikka tegishli o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha loyiha tayyorlaydilar. Hozirda O‘zbekistonda yoshi 30dan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga ega, yuridik sohada kamida besh yillik stajga ega bo‘lgan fuqarolar sudya sifatida ishlashlari mumkin.

Senator mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yil oktabrda sud-huquq tizimini yanada isloh qilishni ko‘zda tutgan farmonni imzolaganini eslatib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0