O‘zbekistonlik qiz Yevrosiyoning eng go‘zal shaxmatchisi nomi uchun kurashmoqda

© chess.pwSarvinoz Qurbonboyeva
Sarvinoz Qurbonboyeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Miss Chess Eurasia-2017 so‘rovnomasi 9 kundan so‘ng yakunlanadi

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Yaqinda o‘zbekistonlik grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova chess.pw sayti tomonidan o‘tkazilgan MDHning eng go‘zal shaxmatchi qizi tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi. Mazkur sayt endi Yevrosiyoning 2017-yildagi eng go‘zal shaxmatchisini aniqlashga kirishdi.

Da’vogarlar orasida o‘zbekistonlik Sarvinoz Qurbonboyeva ham bor. Xabar saytga joylanayotgan vaqtda u 137 ovoz bilan bilan uchinchi o‘rinda edi. Birinchi o‘rinda esa tojikistonlik Mutriba Xotamiy bormoqda.

Miss Chess Eurasia-2017 so‘rovnomasi 9 kundan so‘ng yakunlanadi. Ushbu havola orqali Sarvinoz Qurbonboyevaga ovoz berishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0